» » Toshkent hayvonot bog‘i BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda yangilanadi

Toshkent hayvonot bog‘i BAA kompaniyasi bilan hamkorlikda yangilanadi


Toshkent shahar hokimligida Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn hayvonot bog‘i rahbarlari Falcon Hunting Solutions kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Vazirlar Mahkamasining Toshkent hayvonot bog‘ini rivojlantirishga qaratilgan qarori ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

O‘zaro muloqot davomida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov Toshkent hayvonot bog‘ida yangi sharoit va qulayliklarni yaratish ishlari bu borada katta tajribaga ega, dunyoga mashhur Al-Ayn hayvonot bog‘i bilan hamkorlikda olib borilayotganidan mamnunligini izhor etdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘zaro hamkorlikda Toshkent hayvonot bog‘ini zamonaviy madaniy-tomosha va ilmiy-ma’rifiy davlat muassasasi sifatida rivojlantirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, bog‘ kolleksiyasini noyob hamda ekzotik hayvonlar bilan to‘ldirish rejalashtirilgan.

BAA Al-Ayn hayvonot bog‘i rahbari Mark Kreytning ta’kidlashicha, ularda zoologik izlanishlar muntazam amalga oshiriladi. Bundan tashqari , Al-Ayn hayvonot bog‘ida hayvonlarni tutqunlikda sun’iy ko‘paytirish, boshqa hayvonot bog‘lari bilan jonivorlarni ayirboshlash, hayvonot bog‘i genofondini saqlash, to‘ldirish hamda yanada boyitish ishlari talab darajasida yo‘lga qo‘yilgan. Uchrashuv davomida xorijiy hamkorlar O‘zbekistonda ayni yo‘nalishdagi ishlarni tashkil etish va taraqqiy ettirishga har tomonlama ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi. Bu borada investitsiya kiritish ham ko‘zda tutilgan.

Falcon Hunting Solutions kompaniyasi esa biologik xilma-xillikni asrash, boqqa noyob hayvonlarni olib kelish va ko‘paytirish, ekologik va ov turizmini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Tez kunda Toshkent shahar hokimligi va BAA Al-Ayn hayvonot bog‘i rahbarlari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolanishi rejalashtirilgan. Uning asosida qo‘shma loyihalar amalga oshirila boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют