» » Shpitsbergen arxipelagida bankni o‘marishga uringan rossiyalik 14 oy qamoq jazosiga hukm qilindi

Shpitsbergen arxipelagida bankni o‘marishga uringan rossiyalik 14 oy qamoq jazosiga hukm qilindi


Sud Shpitsbergen arxipelagidagi 2 ming kishi istiqomat qiladigan yagona shahar — Longiyredagi bankni o‘margan Rossiya fuqarosini 1 yil va 2 oy qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Rossiyalikka bankda tahdid qilgan uch nafar xodimdan har biriga 20 ming krondan to‘lash majburiyati ham yuklandi.

Hukm chiqarish chog‘ida sud ayblanuvchining og‘ir hayotiy vaziyatini — arxipelagda osonlikcha qurol sotib olish mumkin bo‘lgani uchun Shpitsbergenga aslida joniga qasd qilish uchun kelganini hisobga oldi.

Jinoyatchi 70 ming kron o‘marishga muvaffaq bo‘ldi. Uni 20 daqiqadan so‘ng ushlashgan.

Norvegiya OAVlari bu jami 2,6 ming kishi yashaydigan Shpitsbergenda bankni o‘marishga bo‘lgan tarixdagi birinchi urinish ekanligini aytmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют