» » Qashqadaryo viloyatida “Motamsaro ona” haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

Qashqadaryo viloyatida “Motamsaro ona” haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)


7-may kuni Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yangi barpo etilgan “Motamsaro ona” haykalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Marosimda Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi hamda viloyat Yoshlar ittifoqi kengashi vakillari ishtirok etdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, urush faxriylariga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.

So‘zga chiqqanlar butun dunyoda millionlab insonlar halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan, mislsiz yo‘qotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirg‘in bo‘lganini, mash’um urushda yarim milliondan ziyod o‘zbekistonlik halok bo‘lganini xalq hech qachon yodidan chiqarmasligini ta’kidladi.

Qarshi garnizoni harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchani raqsga tushishga majbur etgan bo‘lsa, urush davriga oid sahna ko‘rinishlari ko‘pchilikning ko‘ziga yosh keltirdi.

Tadbir davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga O‘zbekiston Prezidenti nomidan sovg‘alar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют