» » Venesuela razvedkasi Guaydoning o‘rinbosarini qo‘lga oldi

Venesuela razvedkasi Guaydoning o‘rinbosarini qo‘lga oldi


Venesuela muxolifat parlamenti yetakchisi Xuan Guaydo razvedka xodimlari o‘zining o‘rinbosari Edgar Sambranoni qo‘lga olganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

Ta’kidlanishicha, bu Venesuelada 30-aprel kuni davlat to‘ntarishini amalga oshirishga uringan harakatdan keyingi birinchi hibs hisoblanadi.

Guaydo parlamentining vitse-spikeri o‘zining Twitter’dagi sahifasida mashinasini Bolivarian razvedka xizmati SEBIN xodimlari qurshab olganini yozgan. Ular Sambrano o‘tirgan avtomobilni Karakasdagi bazalardan biriga ko‘chirish uchun evakuatordan foydalangan.

Eslatib o‘tamiz, 30-aprel kuni Venesuela muxolifati davlat to‘ntarishini amalga oshirgan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют