» » Markaziy bank “Davr bank” XATB Uchtepa filiali ustidan tushayotgan e’tirozlarni o‘rgandi

Markaziy bank “Davr bank” XATB Uchtepa filiali ustidan tushayotgan e’tirozlarni o‘rgandi


Markaziy bank “Davr bank” XATB Uchtepa filiali xodimlarining xatti-harakatlari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushayotgan e’tirozlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumot berdi.

Joriy yilning 7-may kuni Markaziy bank Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati rahbari “Davr bank” XATB xodimlari ustidan bank depozitiga qo‘yilgan pul mablag‘larining noqonuniy o‘zlashtirilganligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan shikoyat qilgan bir guruh fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘z navbatida, shikoyat qilgan mijozlarning bank tomonidan huquqlari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaati belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi va shu kunning o‘zida shikoyat xatida ko‘tarilgan masalalarga aniqlik kiritish uchun “Davr bank” XATB rahbarlari Markaziy bankka taklif etildi.

Markaziy bank tijorat banklari nomidan bank xodimlari tomonidan amalga oshirilgan har qanday xatti-harakatlar uchun bank to‘liq javobgar deb hisoblaydi. Shu munosabat bilan, “Davr bank” XATBga qisqa muddatda bank tomonidan mijozlarga yetkazilgan zararlarni keyinchalik aybdor xodimlardan regress huquqida talab qilish asosida qoplab berish yuzasidan ko‘rsatma berildi.

Bank tomonidan jabrlangan mijozlarning masalalarini hal qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmagan taqdirda, Markaziy bank tomonidan bankning ayrim operatsiyalarini to‘xtatishgacha bo‘lgan qat’iy choralar qo‘llaniladi.

Markaziy bank ushbu masalaga “Davr bank” XATB rahbariyatining e’tiborsizligi, shu jumladan, filial mansabdor shaxslarining fuqarolarga qo‘yayotgan “jinoyat sodir etishga ularning o‘zlari sharoit yaratgan” kabi ayblovlarini noo‘rin deb hisoblaydi va bu holatlar bank aksiyadorlaridan bank rahbarlarini almashtirishni talab qilishga sabab bo‘lishi mumkinligini qayd etadi.

Markaziy bank mazkur masala to‘liq bartaraf etilmagunga qadar amalga oshiriladigan barcha jarayonlar ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishini ma’lum qiladi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют