» » Donald Tramp Xitoyni savdo bitimini buzishda aybladi

Donald Tramp Xitoyni savdo bitimini buzishda aybladi


AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy savdo muzokaralari vaqtida “bitimni buzgan”ini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Ular bitimni buzdi. Bunday qilish mumkin emas. Shunday ekan ular bunga javob beradi. Biz bojlarni ko‘taramiz… va ortga chekinmaymiz”, — deydi AQSh prezidenti Floridadagi chiqishi vaqtida.

Trampning tasdiqlashicha, 9-may kuni Vashingtonga Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Xe uchib keladi.

O‘tgan hafta AQSh prezidenti Donald Tramp 10-maydan boshlab bir qator Xitoy mahsulotlariga bojlarni 10 foizdan 25 foizga ko‘tarishini va boshqa tovarlariga ham cheklovlar joriy etilishini va’da qilgandi.

Amerika tomonining bayonotidan so‘ng, Pekin Vashingtonda o‘tkaziladigan savdo muzokalarini bekor qilishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqaldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют