» » AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi

AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi


Eron hukumati o‘z yadroviy dasturiga oid bitimning ikki bandini amalga oshirishni to‘xtatdi, deb xabar berdi Meduza.

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 8-may kuni bitim ishtirokchilari bo‘lgan Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaga tegishli xatlarni yuborgan.

Unda Tehron yadro reaktorlarida ishlatiladigan boyitilgan uran va og‘ir suv zahiralarini cheklash bo‘yicha kelishuvga amal qilmasligi ma’lum qilingan.

Eron hukumati, shuningdek, shartnoma shartlarini yangilash uchun 60 kunlik muhlat belgilagan bo‘lib, bu vaqt tugaganidan so‘ng uranni boyitish ishlarini davom ettirishga va’da bergan.

Umumiy qamrovli qo‘shma tadbirlar rejasi deb nomlanuvchi 2015-yilgi shartnoma ishtirokchilariga atalgan xat, AQShning Eron bilan yadro shartnomasidan bir tomonlama chiqqanining bir yilligida yuborilgan. Shundan so‘ng Vashington Tehronga qarshi yana qat’iy iqtisodiy sanksiyalarni qo‘llashni boshlagan. Sanksiyalar Eronning metallurgiya sanoatiga qaratilgan.

Yadroviy bitim bo‘yicha yevropalik sheriklar Eronga AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish mexanizmini ishlab chiqishga va’da bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют