» » Shavkat Mirziyoyev: Toshkent shahrining eng korkam maskanida Galaba bogi barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev: Toshkent shahrining eng korkam maskanida Galaba bogi barpo etiladi


Shavkat Mirziyoyev Xotira va Qadrlash qadrlash kuniga bagishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi va nutq sozladi. Prezident matbuot xizmati mazkur nutq matnini keltirgan.

Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!

Muhtaram faxriylar!

Hurmatli mehmonlar!

Siz, azizlarni, kopmillatli butun xalqimizni Ikkinchi jahon urushida erishilgan Galabaning 74 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bugun barchamiz avvalo buyuk Galabaga beqiyos hissa qoshgan, mana shu yorug kunlarga yetib kelolmagan aziz insonlarni yod etamiz, ularning xotirasi, pok ruhlari oldida tazim qilamiz.

Shafqatsiz urushda, mashaqqatli mehnat frontida mardlik va jasorat korsatgan barcha faxriylarimizga yuksak hurmat va ehtirom, chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Hech shubhasiz, oradan qancha yillar, zamonlar otmasin, buyuk Galabaning qadr-qimmati va ahamiyati tobora ortib boraveradi.

Ming-minglab jasur ota-bobolarimiz dunyodagi koplab xalqlar qatorida bu mudhish urushda chinakam qahramonlik korsatdilar. Bu sonmas jasorat, mana, 74 yildirki, biz uchun mardlik maktabi, gurur-iftixor manbai bolib kelmoqda va bundan keyin ham shunday bolib qoladi.

Haqiqatan ham, 9 may Galaba kuni el-yurtimizning asl farzandlari besh yil davomida mardona jang qilib, yovuz dushmanni tor-mor etgan, mislsiz talofatlar evaziga erishgan shon-sharaf ayyomidir.

Bu hech qachon unutilmaydigan, hech qanday kuch bizdan tortib ololmaydigan buyuk tarix, qudratli manaviy boyligimiz, desak, ayni haqiqat boladi.

Biz bu tarixdan kuch-quvvat olamiz. Bu tarix bizni tinchlikni asrab, barcha xalqlar bilan dost va hamkor bolib, yorug kelajak bunyod etishga davat etadi.

Ushbu tantanali, ayni vaqtda mayus kunlarda otmishdan zarur saboq va xulosalar chiqarish uchun urush davriga qayta-qayta murojaat qilishimiz tabiiydir.

Insoniyat tarixidagi eng dahshatli bu urushda 1 yarim milliondan ortiq Ozbekiston fuqarosi qatnashgan. Ularning yarim milliondan ziyodi halok bolgan, 133 ming nafarga yaqini bedarak yoqolgan. 60 mingdan ortiq vatandoshimiz esa urushdan nogiron bolib qaytgan.

Ozbekistonlik 120 mingdan ziyod askar va ofitser jang maydonlaridagi jasorati uchun jangovar orden va medallar bilan mukofotlangan. Ularning orasida 280 nafar Sovet Ittifoqi Qahramoni, 82 nafar uchala darajadagi Slava ordeniga sazovor bolgan jasur insonlar borligini alohida takidlash lozim.

Osha olovli yillarda Ozbekistonda yetti yoshdan yetmish yoshgacha butun xalqimiz Hamma narsa front uchun, hamma narsa galaba uchun! deb yashadi, orom va halovatdan voz kechib, tinimsiz ogir mehnat qildi. Respublikamiz frontning mustahkam taminot bazasiga aylandi.

Yurtimizdan jang maydonlariga 2 mingdan ziyod samolyot, koplab qurol-yaroglar, harbiy-sanitariya poyezdlari, yuzlab dala oshxonalari, palatkalar, ulkan miqdorda oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar yetkazib berildi.

Ozbekiston ahli urush hududlaridan kochirib keltirilgan 1 millionga yaqin insonga boshpana berib, oz nonini ular bilan baham kordi. Ayniqsa, ota-onasi, oilasidan judo bolgan 200 ming nafar begunoh bolalarni Sen yetim emassan! deb bagriga bosib, mehr-muruvvat korsatdi.

Albatta, bu raqamlar shunchaki statistik malumotlar emas. Bu raqamlar boshimizdan kechirgan mudhish urush oqibatlarini hech qachon unutmaslikka chaqiradi. Shu bilan birga, bugungi tinch va gozal hayotning qadriga yetib, doimo hushyor va ogoh bolishga, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Hurmatli vatandoshlar!

Barchangizga malum, Ikkinchi jahon urushida, mehnat frontida ishtirok etgan motabar faxriylarimizga yuksak etibor va gamxorlik korsatish Ozbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yonalishi bolib kelmoqda.

Bugungi ozod va erkin hayot uchun, farzandlarimizning baxti va kamoli uchun biz ularning oldida cheksiz qarzdormiz.

Bu aziz insonlarni asrab-avaylash, ularning sog-salomat va mazmunli umr kechirishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berish hammamizning muqaddas insoniy burchimizdir. Ayniqsa, rahbar va mutasaddilar buni birinchi navbatda chuqur his etishlari lozim.

Biz shu maqsadda boshlagan ishlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz, shu yolda davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.

Aziz dostlar!

Xabaringiz bor, kelgusi yili Galabaning 75 yillik bayrami xalqaro miqyosda keng nishonlanadi.

Hozirgi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdostligi mamlakatlari bilan birga bu qutlug sanani munosib kutib olish va yuqori saviyada otkazish uchun katta tayyorgarlik kormoqdamiz. Jumladan, Ozbekiston xalqining buyuk galabaga qoshgan munosib hissasini aks ettiradigan, goyat muhim tarixiy malumotlarni ozida mujassam etgan kitob-albom nashrga tayyorlanmoqda.

Ayni vaqtda Toshkent shahrining eng korkam maskanlaridan birida ushbu shonli sanaga bagishlab ulkan Galaba bogini barpo etamiz. Bu borada loyiha-qurilish ishlarini boshlab yuborganimizni bugun sizlarga malum qilmoqchiman.

Albatta, bu bog va uning tarkibida bunyod etiladigan shon-shuhrat muzeyini eng gozal va puxta ishlangan loyihalar asosida yaratamiz. Ammo bu muhtasham yodgorlik majmuasining mano-mazmuni, muzey ekspozitsiyasini shakllantirishda biz muhtaram faxriylarimiz, tarixchi olimlarimiz, ijodkor ziyolilarimiz, keng jamoatchilikning fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalariga tayanamiz.

Shuning uchun buyuk Galabaga hissa qoshgan vatandoshlarimiz hayoti, jasorat va matonatini yanada chuqurroq organishimiz, bu haqda yangi ilmiy tadqiqotlar, badiiy asarlar, kinofilm va spektakllar yaratishimiz kerak. Yoshlarimiz kimlarning jasorati tufayli qariyb 75 yil mobaynida urush balosini kormasdan, tinch va baxtli zamonda yashayotganimizni bilishi va buning qadriga yetishi zarur.

Mana, barchamiz guvohmiz, osha dahshatli janglarda ishtirok etgan, urushning azob-uqubatlarini korgan kishilar soni, afsuski, kamayib bormoqda. Hatto ularni tanigan, bilgan odamlar safi ham kamaymoqda. Bunday insonlar, ularning har bitta sozi oltinga teng bolib bormoqda.

Shuning uchun urush haqidagi, urush qahramonlari haqidagi malumotlarni ulardan yozib olib, xalqimizga yetkazishimiz kerak. Joylarda, talim-tarbiya maskanlarida Mahallamiz qahramonlari, Vatan himoyachilari degan tasviriy korgazmalar tashkil etsak, oylaymanki, nur ustiga nur boladi.

Bu korgazmalarda urush ishtirokchilari bilan birga mustaqillik yillarida tinch-osoyishta hayotimizni himoya qilish yolida mardlik korsatgan askar va ofitserlarimiz togrisida ham malumotlar oz aksini topishi maqsadga muvofiqdir.

Shu tariqa biz oz tariximizni, ajdodlarimizga xos jasorat va matonat tuygusini, jangovar ananalarni kelgusi avlodlarimizga meros qilib qoldirishga erishamiz. Bu ishlarni bugun qilmasak, ertaga kech bolishi mumkin.

Fursatdan foydalanib, men barchangizni tarixni organishda yanada uygoq, yanada faol bolishga chaqirmoqchiman. Tarixga sergak qaragan odamgina doimo hushyor va ogoh bolib yashaydi.

Bugungi vaziyatga ham, kelgusi jarayonlarga ham xolis va haqqoniy baho bera oladi. Bu esa hozirgi murakkab va shiddatli zamonda tinchlik va barqarorlikni taminlash, yuksak taraqqiyotga erishishning eng muhim shartidir.

Aziz dostlar!

Urush qahramonlari haqida gapirar ekanmiz, tabarruk Ona siymosi koz ongimizda namoyon boladi. Chunki el-yurt himoyasini or-nomus ishi deb biladigan mard va botir oglonlarni voyaga yetkazgan ulug zot onadir. Urushning barcha azob-uqubatlarini eng kop tortgan insonlar ham mushtipar onalarimizdir.

Bamisoli sabr-bardoshdan yaralgan, urush yillarida muqaddas Vatan timsoliga aylangan bunday metin irodali onalar yurtimizda koplab topiladi.

Sozimning isboti uchun bir misol keltirmoqchiman. Toshkent viloyati, Zangiota tumanidagi Xonobod qishlogida Zulfiya aya Zokirova ismli bir motabar onaxon yashab otganlar. Tom manoda buyuk bu insonning jasoratini tariflashga til ojiz.

Turmush ortogi Xolmat aka vafot etgach Zulfiya aya besh ogil va bir qizni tarbiyalab voyaga yetkazganlar.

Hammamiz yaxshi bilamiz, ona zoti uchun farzand dogini korishdan ham ogir yoqotish yoq. Zulfiya aya Zokirova Ikkinchi jahon urushida bir emas, besh azamat oglidan Isoqjon, Ahmadjon, Mamajon, Vahobjon, Yusufjon ismli aziz farzandlaridan judo bolgan.

Ozingiz ayting, qadrli dostlar, har qanday odamni ham yiqitib, yakson qiladigan taqdirning bunday beshafqat zarbasiga bardosh berish mumkinmi?

Lekin Zulfiya Zokirovadek matonatli, qahramon ozbek ayoli bunga bardosh bera oldi. Shunday fojiali qismatga besh marta koksini qalqon qilib, besh marta ham mardona oyoqqa turdi. Buning uchun odamda qanchalik kuchli iroda, qanchalik metin sabr-bardosh bolishi kerak!

Yovuz urush tufayli ayaning tort kelini beva, besh nabirasi yetim bolib qoldi. Uning ozi esa bir umr motamda yashadi. Lekin hech qachon umid-sizlikka tushmadi, ogillarining sonmas xotirasi, yorug kunlar yodi bilan, kelinlari, nabiralarining hayoti, orzu-umidlari bilan yashadi.

Joyi chiqsa, turmush qilinglar, men sizlardan mingdan-ming roziman, deydi Zulfiya aya kelinlariga. Lekin ular ham Zulfiya ayadan ornak olib, unga madad bolib, barchasi oz yoriga, oilasiga sodiq qoladi, boshqa turmush qurmaydi.

Mana, ozbek ayollarining, ozbek xalqining haqiqiy jasorati va matonati!

Mana, sevgi va sadoqat madhiyasi, uning yengilmas kuch-qudrati!

Mana, yoshlarimiz, farzandlarimiz kimdan namuna va ornak olishlari kerak!

Hayotda biron-bir qiyinchilikka duch kelsa, umid-sizlikka tushmasdan, ularni bardosh bilan yengib otishda Zulfiya Zokirova va uning oilasi yosh avlodimiz uchun chinakam ibrat maktabi emasmi?

Yaxshilar yodi hech qachon unutilmaydi, deydi xalqimiz. Biz ezgu niyat bilan barpo etadigan Galaba bogi markaziga Zulfiya Zokirova va uning frontdan qaytmagan besh ogli, sadoqatli kelinlari xotirasiga atab muhtasham haykal ornatsak, unga Matonat madhiyasi deb nom bersak, nima deysizlar?

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

Bugungi yangi hayot, beqiyos ozgarishlar hammamizdan yangicha safarbarlikni talab etmoqda. Mana shu jarayonda tinchlikni asrash, dunyodagi taraqqiyparvar xalqlar, davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish bosh vazifamizga aylanmoqda.

Ozbekiston tashqi siyosatida uzoq-yaqin barcha davlatlar, avvalo, qoshni mamlakatlar bilan ozaro manfaatli, dostona aloqalarni rivojlantirish bundan buyon ham ustuvor yonalish bolib qoladi.

Ayni vaqtda yana bir haqiqatni ham hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak. Eng katta, bebaho boyligimiz bolgan tinchlikka raxna solish, turli xalqlar ortasida urush olovini yoqish, milliy va diniy ziddiyatlarni avj oldirishga urinayotgan kuchlar ham yoq emas. Bunday yovuz kuchlarga qarshi kurashda avvalo doimiy hushyorlik va ogohlik, jaholatga qarshi marifat, butun xalqimizning birligi va hamjihatligi hal qiluvchi rol oynaydi.

Shu maqsadda mustaqilligimiz va tinch hayotimizning ishonchli himoyachisi bolgan Qurolli Kuchlarimizning jangovar qudrati va salohiyatini yanada oshirish, xalq va armiya birligini mustahkamlash boyicha ulkan ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

Hozirgi goyat murakkab va tahlikali zamonda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli zararli tasirlardan asrash yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shu vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda muhtaram faxriylarimizning jasorati, shonli ananalari, hech shubhasiz, biz uchun hamisha ibrat bolib xizmat qiladi.

Ayniqsa, sizlar barcha ishlarimizda dono maslahatgoy, togdek tayanch bolib, xalqimizni rozi qilish yolidagi islohotlarimizga oz amaliy ishlaringiz, duolaringiz bilan madad berib kelmoqdasiz. Va biz buni yuksak qadrlaymiz, sizlar bilan cheksiz faxrlanamiz!

Fursatdan foydalanib, bugungi tinch va ozod, erkin hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun oz nomimdan, kopmillatli Ozbekiston xalqi nomidan sizlarga yana bir bor chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman. Doimo hayotimizga fayz berib, el-yurtimiz ardogida bolib yurishingizni Yaratgandan sorayman.

Baxtimizga hamisha omon boling!

Galaba bayrami barchamizga muborak bolsin!

Katta rahmat sizlarga!



Manba: Daryo.uz
: admin (9-05-2019, 16:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
:
-
:
20 ... -