» » Shimoliy Koreya 5 kun ichida ikkinchi marta raketalar uchirdi

Shimoliy Koreya 5 kun ichida ikkinchi marta raketalar uchirdi


Shimoliy Koreya 9-may kuni yana raketalar uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Ryonxap” agentligi Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtablari boshliqlarining birlashgan qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi, deb yozadi Meduza.

Raketalar Sino-Ri tumanidagi bazadan uchirilgan, u yerda, tahlilchilar ma’lumotlariga ko‘ra, KXDR strategik raketa qo‘shinlari shtabi joylashgan bo‘lishi mumkin.

Uchirilgan raketalar turi hozircha ma’lum emas. Ular qayerga borib tushgani ham noma’lum. Ammo taxminlarga ko‘ra, raketalar butun KXDR hududidan uchib o‘tib, Sharqiy dengizga qulagan.

Ushbu raketalar parvozi KXDR kichik masofali bir nechta raketalarni uchirganidan keyin 5 kun o‘tib amalga oshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют