» » Namanganda mudofaa ishlari boshqarmasi va bo‘limlariga xizmat avtomobillari topshirildi (foto)

Namanganda mudofaa ishlari boshqarmasi va bo‘limlariga xizmat avtomobillari topshirildi (foto)


Namanganda 9-may kuni viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, shahar va tumanlar mudofaa ishlari bo‘limlariga xizmat avtomashinalari topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Boshqarma va uning bo‘limlariga jami 13 ta mashina — 12 ta Nexia 3 va bita Lacetti Gentra taqdim etildi.

Shu kuni viloyat markazidagi Xotira xiyoboni viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari bilan gavjum bo‘ldi.

Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushida hamda xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan yurtdoshlar xotirasiga sukut saqlandi. Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yildi.

Bayram tadbiri “Shodiyona” tantanalar majmuasida ezgu tilaklar izhori, konsert dasturi namoyishi bilan davom etdi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, baynalminalchi jangchilar bayram bilan samimiy tabriklandi.

Barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari ulashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют