» » BBC boshlovchisi shahzoda Garri va Megan Marklning o‘g‘li haqidagi irqiy nomaqbul tviti tufayli ishdan haydaldi

BBC boshlovchisi shahzoda Garri va Megan Marklning o‘g‘li haqidagi irqiy nomaqbul tviti tufayli ishdan haydaldi


BBC boshlovchisi Denni Beyker shahzoda Garri va Sasseks gersoginyasi Megan Marklning Qirollik oilasi a’zosi bo‘lgan go‘dagi haqida Twitter’ga yozgan gaplari uchun ishdan olindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.

Denni Beyker bir juftlikning kiyim kiygan maymunchani birga ko‘tarib tushgan suratini Twitter ijtimoiy tarmog‘iga joylab, surat tagiga: “Qirollik chaqalog‘i tug‘uruqxonadan chiqdi”,— deb yozgan edi.

Xabar qisqa vaqt ichida olib tashlandi. Muxbir, uning bu harakatlari ahmoqona ekanini tan olib, kechirim so‘radi.

Biroq, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uning bu qilmishidan g‘azablanib, bu holatni Marklga nisbatan irqiy kamsitish deb baholadi.

BBC vakilining aytishicha, Beykerning ushbu harakati kompaniya obro‘-e’tiboriga, ko‘zlagan maqsadlari yo‘lidagi intilishlariga umuman to‘g‘ri kelmaydi,  shuning uchun uni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют