» » Yevropa Chempionlar Ligasi tarixida ikkinchi bor inglizcha final bo‘ladi

Yevropa Chempionlar Ligasi tarixida ikkinchi bor inglizcha final bo‘ladi


2018/19-yilgi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Liverpul” “Tottenhem” bilan bahsga kirishadi.

Bu 2008-yildan buyon birinchi va musobaqa tarixidagi ikkinchi inglizcha final hisoblanadi.

2008-yilda Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tgan final bahsida “Manchester Yunayted” klubi “Chelsi” bilan o‘ynagandi (1:1, penaltilar seriyasi — 6:5).

Bundan tashqari inglizcha final 1971/72-yilgi mavsum UEFA Kubogida ham yuz bergandi. O‘shanda “shporlar” “Vulverhempton”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (2:1, 1:1).

Ma’lumot uchun, “Liverpul” hamda “Tottenhem” o‘rtasidagi final uchrashuvi 1-iyun kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 04:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют