» » TIV Rossiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik talaba ishi bo‘yicha izoh berdi

TIV Rossiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik talaba ishi bo‘yicha izoh berdi


Joriy yil 2-may kuni OAVda Rossiya gidrometeorologiya universiteti 2-bosqich talabasi, O‘zbekiston fuqarosi M.Yuldashevning qo‘lga olinganligi to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

M.Yuldashev ishlash uchun ruxsatnoma (patent) olmay kechki vaqtda gipermatketda sotuvchi bo‘lib ishlagan. 30-aprel kechasi xaridorga ustaraning qanday ishlashini ko‘rsatayotganda ustara uchi chiqib ketgan va xaridor ko‘ziga tekkan. Xaridorni kasalxonaga, talabani qo‘lga olib, politsiya bo‘limiga olib ketishgan.

Tuman sudida M.Yuldashevga 5000 rubl miqdorida jarima belgilash va Rossiya hududidan ma’muriy chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ayni paytda M.Yuldashevga nisbatan Rossiya jinoyat kodeksi 291-modda 3-bandi (Mansabdor shaxsga pora berish) bo‘yicha jinoiy ish ham tekshirilmoqda.

TIV xabarida mazkur vaziyat O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingani qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют