» » Huawei P30 Pro smartfoni yana bir yuksak mukofotni qo‘lga kiritdi

Huawei P30 Pro smartfoni yana bir yuksak mukofotni qo‘lga kiritdi


TIPA Assotsiatsiyasining (Technical Image Press Association) Bosh Assambleyasi qaroriga ko‘ra Huawei P30 Pro smartfonini 2019 yilning eng yaxshi mahsulotlari qatoridan joy olldi va uni “Fototasvir uchun eng yaxshi smartfon” deb atadi. Qatorasiga uch yildaan buyon ushbu mukofotga HUAWEI P seriyasidagi smartfonlar loyiq qo‘rilmoqda, bu esa Huawei kompaniyasining mobil qurilmalarning sifati, mahsuldorligi va dizaynini yaxshilashga bo‘lgan muntazam intilishini tasdiqlaydi.

Chanchju Li (Changzhu Li), Huawei Consumer BG mobil yo‘nalishining vitse-prezidenti: “Foto va video tasvir imkoniyatlari har doim Huawei P seriyasining diqqat markazida bo‘lgan. Bizning yangi flagmanimiz HUAWEI P30 Pro modeliga bergan yuksak bahosi uchun TIPA Assotsiatsiyasiga yana bir bor minnatdorlik bildiramiz. Leica kameralar tizimi bilan jihozlangan Huawei P30 Pro smartfoni bir qator innovatsiyalar, jumladan, RYYB rang filtri va besh karrali optik zum orqali mobil fotografiyada yangi marrani belgiladi. Bunday ustunliklar foydalanuvchilarga ijod va o‘zini ifodalash uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi”.

Jahondagi professional foto ekspertlari Huawei P30 Pro modelining tasvirga olishga doir yangi imkoniyatlarni yuqori baholashdi. To‘rtta ob’ektiv bilan jihozlangan flagman Leica kameralar tizimi spektral sensorga ega 40 megapiselli kamera, 20 megapikselli ultra keng burchakli ob’ektiv, shuningdek, optik stabilizatsiya bilan kuchaytirilgan super zumli ob’ektiv yangi darajadagi aniqlik va masshtablash bilan ta’minlaydi. Huawei Time of Flight (ToF) innovatsion kamerasi esa tasvir o‘tkirligining chuqurligini aniqlab, tabiiy boke effektini hosil qilishga imkoniyat beradi. Yuqoridagi barcha kameralarning o‘zaro faolligi esa har qanday yorug‘lik sharoitlarida ham yuqori detalizatsiya va keng dinamik diapazon bilan ta’minlaydi.

TIPA Assotsiatsiyasining rasmiy izohi: “Huawei P30 Pro smartfoni Super-Resolution algoritmi tufayli fokuslash masofasining keng diapazoniga ega: bir nechta RAW-kadrlar yuqori aniqlikdagi bitta tasvirga birlashtiriladi. Bundan tashqari, qurilma yetarli darajada yoritilmagan sharoitlarda ham yuqori sifatda tasvirga olish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Maksimal ISO 409 600 ko‘rsatkichi esa deyarli butunlay qorong‘i sharoitda ham tasvirga olishga imkoniyat yaratadi, uning yorug‘lik o‘tkazish qobiliyati standart RGB-sensorlarga nisbatan 40%ga yuqori”.

Huawei P30 Pro kam yoritilgan sharoitlarda ham yuqori sifat va yangi masshtablash imkoniyatlarini taqdim etadi. Mazkur xususiyatlari tufayli smartfon DxOMark — kamera va ob’ektivlar tasvir sifatini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha sohaviy standart reytingida rekord darajadagi 112 ball oldi. Mutaxassislarning yuqori baholari Huawei olib borayotgan tadqiqotlar va ishlanmalarning naqadar ahamiyatli ekanligi, shu bilan birga, foydalanuvchilarga mobil fotografiya sohasida maksimal imkoniyatlarni taqdim etish bilan bog‘liq intilishini dalillaydi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют