» » Telegram’dagi Mash kanalining bosh muharriri tahririyatda tintuv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi

Telegram’dagi Mash kanalining bosh muharriri tahririyatda tintuv o‘tkazilayotganini ma’lum qildi


Telegram’dagi Mash kanalining bosh muharriri Maksim Iksanov tahririyatda tintuv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“So‘nggi soatlarda ko‘plab Telegram-kanallar Mash’da tergov ishlari olib borilayotganini, huquq-tartibot idoralari xodimlari kompyuterlarni tortib olib, hujjatlarni titayotgani va xodimlarimizni so‘roq qilishga jo‘natayotganini yozmoqda. Bu ayni haqiqat”, — deydi Iksanov.

Iksanov bu kabi tintuvlar nima sababdan va kim tomonidan o‘tkazilayotganiga oydinlik kiritmagan. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, “so‘nggi kompyuteri olib qo‘yilsa ham” Mash o‘z ishini davom ettiradi.

Mash — yangiliklarga ixtisoslashgan Rossiyadagi internet-loyiha. 2017-yilning 6-aprelida Nikita Mogutin tomonidan asos solingan bo‘lib, asosan Telegram’da faoliyat yuritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют