» » Donald Tramp Pentagonning yangi rahbariga nozmod ko‘rsatdi

Donald Tramp Pentagonning yangi rahbariga nozmod ko‘rsatdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Patrik Shanaxanni mamlakat mudofaa vaziri lavozimiga nomzod etib ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Oq Uy matbuot kotibi Sara Sanders o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Bir necha oydan buyon Pentagon rahbari vazifasini bajarib kelayotgan Shanaxan vazirlikni keyinchalik ham boshqarish uchun yetarli darajada malakali ekanligi isbotladi”, — deyiladi xabarda.

Patrik Shanaxan mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi etib 2019-yilning 1-yanvarida tayinlangan edi. Massachusets texnologiya univesitetini tamomlagan Patrik bunga qadar esa Pentagon rahbarining birinchi o‘rinbosari, Boeing korporatsiyasi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlagan.

Pentagonning sobiq rahbari Jeyms Mettis 2018-yilning 21-dekabrida vazifasidan ketgan edi. Bunga sabab qilib uning AQSh rahbari bilan murosaga kela olmagani aytilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют