» » Facebook asoschilaridan biri AQSh hukumatini Instagram va WhatsApp’ni bo‘lib yurborishga chaqirdi

Facebook asoschilaridan biri AQSh hukumatini Instagram va WhatsApp’ni bo‘lib yurborishga chaqirdi


The New York Times jurnalida Facebook hamasoschisi Kris Xyuzning AQSh hukumatini ijtimoiy tarmoq va uning rahbari Mark Sukerberg hokimiyatini cheklashga chaqirgan kolonkasi chop etildi, deb xabar beradi Meduza.

Xyuz Facebook’ni bo‘lib, unga tegishli Instagram va WhatsApp’ni mustaqil kompaniyalarga aylantirishni, shuningdek, AQShda texnologiya bozorini nazorat qiladigan hukumat organini tashkil etishni taklif qildi. Xyuzning fikricha, u birinchi navbatda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotini to‘liq sir saqlashi kerak.

“Markning ta’sir doirasi AQSh hukumati yoki xususiy sektordagi har qanday odamnikidan katta. Bu aqlga sig‘maydi”, — deb yozadi Xyuz. Uning ta’kidlashicha, Sukerberg “yaxshi, mehribon inson, lekin uning Facebook’ni ommalashtirish maqsadi xavfsizlik va madaniyatni yo‘qqa chiqargan”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют