» » O‘zbekiston ilk bor “Tayfun-K” zirhli avtomobillarini namoyish qildi (foto)

O‘zbekiston ilk bor “Tayfun-K” zirhli avtomobillarini namoyish qildi (foto)


O‘zbekiston qurolli kuchlari 5-may kuni “Tayfun-K” 4x4 minadan va pistirmadan himoyalangan zirhli avtomobillarga ega ekanini namoyish qildi, deb yozadi “Minbar.uz”.

O‘zbekiston Rossiyaning “Kamaz”i ishlab chiqqan bu avtomobilni qo‘lga kiritgan birinchi xorijiy davlatdir.

Chirchiq harbiy poligonida bo‘lib o‘tgan paradda ishtirok etgan 4 ta avtomobil masofaviy qurolli stansiyalarsiz ko‘rsatilgan.

“O‘zbek desantchilari va maxsus qo‘shinlari kamida 5 ta ‘Tayfun K-53949’ avtomobilini olishgan. Bu avtomobillarni Rossiyada ishlab chiqarilgan qurollar bilan ham jihozlashimiz mumkin”, – deydi Jane’s 360 harbiy portaliga Rossiyaning harbiy-diplomatik doiralaridagi o‘z manbasi.

“Tayfun K-53949” yo‘l tanlamas, to‘rttala g‘ildiragi tortuvchi harbiy zirhli avtomobil bo‘lib, zirhi ikki qavat – keramik tashqi zirh va ichki po‘lat zirhdan iborat.

Asosan harbiy mashinalar va yuklar karvoniga hamrohlik qilish va ularni qo‘riqlash, muhandislik, kimyoviy va biologik razvedkada ishlatiladi. Minalar, pistirmadan bo‘ladigan hujumlarga qarshi yaxshi himoya vositasidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 24) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют