» » “Borussiya Dortmund” Chempionlar ligasida “Monako”ga raqib bo‘lgan kuniyoq Bundesligada zafar quchdi

“Borussiya Dortmund” Chempionlar ligasida “Monako”ga raqib bo‘lgan kuniyoq Bundesligada zafar quchdi


Germaniya Bundesligasining 25-turini Dortmundning “Borussiya” klubi boshlab berdi.

Ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan “Ingolshtadt” klubini qabul qilgan Tomas Tuxel jamoasi Pyer-Emerik Obameyangning yagona goli evaziga zafar quchdi. Shu tariqa klub 2-o‘rinni egallab turgan “Leyptsig” bilan oradagi farqni qisqartirishga erishdi.

Mazkur bellashuv oldigan dortmundliklar Chempionlar ligasidagi raqib nomini bilib olishga ulgurgandi. Unga ko‘ra, chorak finalda “Borussiya”ga Fransiya chempionatida peshqadamlik qilayotgan, “Manchester Siti”ga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan “Monako” raqiblik qiladigan bo‘ldi.

Turning qolgan o‘yinlari vaqti bilan quyida tanishish mumkin.

Germaniya Bundesligasi
25-tur
17-mart, juma

Gol: Pyer-Emerik Obameyang, 14 (1:0).

18-mart, shanba
“Augsburg” — “Frayburg” — 19:30
“Verder” — “Leyptsig” — 19:30
“Volfsburg” — “Darmshtadt” — 19:30
“Kyoln” — “Gerta” — 19:30
“Xoffenxaym” — “Bayer” — 19:30
“Ayntraxt” — “Gamburg” — 22:30

19-mart, yakshanba
“Maynts” — “Shalke” — 19:30
“Borussiya Myonxengladbax” — “Bavariya” — 21:30

Опубликовано: admin (18-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют