» » Bundesliga. 9 ta o‘yinda 36 ta gol, “Bavariya” va “Borussiya Dortmund”dan yirik g‘alaba, “Bayer” murabbiyi iste’foga chiqdi

Bundesliga. 9 ta o‘yinda 36 ta gol, “Bavariya” va “Borussiya Dortmund”dan yirik g‘alaba, “Bayer” murabbiyi iste’foga chiqdi


Germaniya Bundesligasining 23-turi gollarga boy o‘tdi.

“Bavariya” bir tur avval Karlo Anchelottining yubiley o‘yinida 8:0 hisobida zafar quchgandi. Bu safar myunxenliklar safardan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytib keldi.

“Bavariya”ning baxtiga uni ta’qib qilib kelayotgan “Leyptsig” ochko yo‘qotdi. Shu tariqa ikki klub orasidagi farq 7 ochkoga qadar oshdi.

Buning natijasida Dortmund klubi peshqadamlarga biroz yaqinlashdi. Chempionlar ligasining guruh bosqichida eng ko‘p gol urgani bilan tarixda qolgan “Borussiya Dortmund”, bu safar “Bayer” darvozasiga 6 ta gol urishga erishdi.

Uchrashuvdan keyin “Bayer” ustozi Rojer Shmidtga chiqish eshiklari ko‘rsatib qo‘yildi. U jamoani 2014-yilning yozida qabul qilib olgandi. Qayd etish kerak, “Bayer” Chempionlar ligasining nimchorak finalida “Atletiko”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi — 2:4. Qiziq tomoni, musobaqada ishtirokini davom ettirayotgan “Lester” ham ispan klubiga qarshi uchrashuvdan keyin Klaudio Ranyerini ishdan bo‘shatgandi.

Germaniya Bundesligasi
23-tur
3-mart, juma

Gollar: Konstantinos Stafilidis, 19 (1:0). Timo Verner, 25 (1:1). Marvin Kompper, 52 (1:2). Martin Xinteregger, 60 (2:2).

4-mart, shanba

Gollar: Usmon Dembele, 6 (1:0). Pyer-Emerik Obameyang, 27 (2:0). Kevin Folland, 48 (2:1). Pyer-Emerik Obameyang, 69 (3:1). Vendell, 74 (3:2). Kristian Pulishich, 77 (4:2). Andre Shyurrle, 85-pen (5:2). Rafael Gerreyru, 90+2 (6:2).

Gollar: Maks Kruze, 75-pen (1:0). Maks Kruze, 90+2 (2:0).

Gollar: Xavi Martines, 25 (0:1). Xuan Bernat, 48 (0:2). Frank Riberi, 90 (0:3).

Gollar: Mario Gomes, 20 (0:1). Andres Kordoba, 24 (1:1).

Gollar: Sebastyan Rudi, 17 (1:0). Almog Koen, 38 (1:1). Niklas Zyule, 60-avt (1:2). Adam Soloi, 62 (2:2). Andrey Kramarich, 77 (3:2). Adam Soloi, 79 (4:2). Benjamin Xyubner, 88 (5:2).

Gollar: Fabian Jonson, 28 (1:0). Nabil Bentaleb, 38-pen (1:1). Fabian Jonson, 64 (2:1). Oskar Vendt, 67 (3:1). Raffael, 76 (4:1). Leon Goretska, 82 (4:2).

5-mart, yakshanba

Gollar: Branimir Xrgota, 12 (1:0). Florian Niderlexner, 25 (1:1). Florian Niderlexner, 59 (1:2).

Gol: Olbin Ekdal, 77 (1:0).

Опубликовано: admin (6-03-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют