» » Shahzodaning bu yilgi konsert dasturi qanday o‘tdi? (foto)

Shahzodaning bu yilgi konsert dasturi qanday o‘tdi? (foto)


MyDay xonanda Shazodaning “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida bo‘lib o‘tgan konsert dasturidan fotoreportaj tayyorladi. Quyida ushbu fotoreportaj e’tiboringizga havola etiladi.

Xonanda sahna bezatishda odatdagidek oddiylikka katta ahamiyat bergan. Sahna uchta katta led-panellar va markazda o‘zgaruvchan ko‘chma devor bilan bezatilgan. Monitorlarda qo‘shiqlarga hamohang tarzda video tasvirlar almashib turdi.

Konsert dasturi uchta blokdan iborat bo‘lib, 19 ta tarona jarang sochdi. Ular orasidan yangi qo‘shiqlar bilan bir qatorda xit bo‘lishga ulgurgan ijod namunalari, shuningdek, duetlar o‘rin olgan edi. Konsertga tashrif buyurgan muxlislar xonandaning “Qo‘llar tepaga”, “Chikko”, “Billioner” kabi taronalarini birgalikda ijro etdilar desak ham bo‘ladi.

Maftunkor Shahzoda konsert davomida to‘rt marta duet kuyladi. Xonandaning ilk duetdoshi Yorqinxo‘ja Umarov bo‘lib, ular birgalikda Shaxzodaning eng mashhur taronalaridan biri bo‘lmish “Qo‘llar tepaga”ni ijro etdi. Ikkinchi blokda xonanda taniqli “Benom” guruhi vakillar Sarvar va Komil bilan tojikcha qo‘shiq kuyladilar. Shahzodaning navbatdagi duetdoshi uning qadrdon dugonasi va hamkasbi Nilufar Usmonova bo‘ldi. Mashhur “Chikko” taronasini esa xonanda to‘ng‘ich o‘g‘li Solih bilan birgalikda kuyladi.

Konsert dasturi davomida tomoshabinlar zamonaviy raqs va balet ko‘rinishlaridan bahramand bo‘ldi. Shahzodaning ichki kechinmalari va dunyosini O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nodira Hamroyeva yetkazib berishga harakat qildi. Xonandaning “Jajji qizaloq” taronasi jarang sochganda “Tantana” guruhining jajji qizaloqlari raqsga tushdi.

Xonandaning konsert dasturi uchun dizayner Zulfiya Sulton tomonidan uch xil obraz yaratilgan bo‘lib, ularning har biri nozik did va katta mehr bilan yaratilgani yaqqol namoyon bo‘ldi. Har bir obraz Shahzodaning nozik qalbi va maftunkorligiga urg‘u berib turdi. Raqqoslarning obrazlari ustida ham alohida ishlangan bo‘lib, deyarli har bir tarona uchun ularning liboslaridagi detallar o‘zgarib turdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют