» » IIV Andijonda uyni buzishni kelganlarni toshboron qilganlarga nisbatan korilgan choralarga izoh berdi

IIV Andijonda uyni buzishni kelganlarni toshboron qilganlarga nisbatan korilgan choralarga izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Uy egalari uyini buzishga kelganlarni toshboron qildi va buzilishlarga tanasi bilan tosqinlik qildi degan nom bilan tarqatilgan videolavha Andijon viloyati IIB tomonidan organib chiqildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati malum qildi.

Fuqarolik ishlari boyicha Izboskan tumanlararo sudining 2017-yil 21-dekabr kuni davogar Izboskan tumani, Uzunkocha mahalla fuqarolari yigini, Madrasa kochasi, 36-uyda yashovchi Karimova Maxsudaxonni javobgar, shu mahalladagi M.Boltaboyev kochasi, 20-uyda yashovchi fuqaro Mamatojiyev Obidjon va boshqalarga nisbatan davo arizasi boyicha yuritilgan fuqarolik ishi korib chiqilgan.

Sudning 2018-yil 11-yanvar kungi hal qiluv qarori va shu kungi ijro varaqasiga kora, nizoli Izboskan tumani Uzunkocha mahalla fuqarolari yigini, Oydinhayot (sobiq M.Boltaboyev) kochasida 1.389 kvadrat metr yer maydonida joylashgan 20-uyga javobgar Mamatojiyev Obidjon tomonidan ozboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, ayvon va bostirma qurilmalari javobgar hisobidan majburiy tartibda yoki davogar tomonidan buzdirilishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Izboskan tumani bolimining 2019-yil 2-may kungi ijroni amalga oshirish haqidagi 9899-sonli xatiga asosan, FIB Izboskan tumanlararo sudining 2018-yil 11-yanvar kungi hal qiluv qarori va ijro varaqasi ijrosini taminlash maqsadida 2019-yil 4-may kuni Uzunkocha mahallasida joylashgan noqonuniy qurilmani buzdirish tayinlangan.

Sud ijro varaqasi ijrosini taminlashga masul bolgan sud ijrochilari va tadbirga jalb etilgan masullar 2019-yil 4-may kuni soat 11.00da Oydinhayot kochasidagi noqonuniy qurilgan xonadonda yashovchi Mamatojiyev Obidjonning yashash xonadoniga kelgan. Fuqaroga sudning hal qiluv qarori va ijro varaqasi oqib eshittirilib, ijrosini taminlash uchun xonadonni boshatib qoyishlari togrisida tushuntirilishiga qaramasdan, javobgar va uning turmush ortogi Mamatojiyeva Barnoxon sud qarori ijrosini amalga oshirilishiga faol qarshilik korsatgan.

Jamoatchilik oldida baqir-chaqir qilib, uyatli sozlar bilan tadbirga jalb etilgan masullarni haqorat qilishgan va qoliga tosh olib, noqonuniy qurilgan uyni buzishga jalb etilgan maxsus traktor oynalariga qarata otgan. Sud ijrochilari va tuman IIB xodimlarining qonuniy talablariga boysunmaganliklari uchun profilaktika inspektori leytenant U.Qurbonov tomonidan xonadon egasi O.Mamatojiyevga qol kishani solinib, bu haqda tuman IIB boshligi nomiga bildirgi orkali axborot berilgan.

Tadbir davomida fuqaro O.Mamatojiyev va uning turmush ortogi B.Mamatojiyeva tomonidan sud ijro varaqasi ijrosini taminlashga tosqinlik qilganliklari va sud ijrochilari hamda IIB xodimlarining qonuniy talablariga boysunmaganlik holatlari boyicha surishtiruv hujjatlari olib borildi. Toplangan hujjatlar mazmunan korib chiqishlik uchun tuman prokuraturasiga yuborildi.

Yuqorida qayd etib otilgan jarayon O.Mamatojiyevning qoshnilari Xoldarova Feruza va Sodiqova Nozima mobil telefoni yordamida videotasvirga olganligi aniqlandi.

Tadbir davomida ushbu holatni videotasvirga olgan Oydinhayot kochasida yashovchi, Andijon ruhiy-asab kasalliklari dispanserida hamshira vazifasida ishlovchi Xoldarova Feruzaxon ozini Majburiy ijro byurosi xodimlari urib tan jarohati yetkazganligini malum qilib, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat tuman IIBda 2019 yil 4 may kuni royxatdan otkazilib, hozirda tuman prokuraturasi tergovchisi A.Abdumalikov tomonidan Mamatojiyev Obidjon va uning turmush ortogi Mamatojiyeva Barnoxonga nisbatan Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 183 va 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, 2019-yil 10-may kuni sud muhokamasiga taqdim qilingan.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-05-2019, 16:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 33) ( 3)
:
-
:
20 ... -