» » Shavkat Mirziyoyev: Chilonzordagi masjid shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga munosib bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev: Chilonzordagi masjid shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga munosib bo‘ldi


Chilonzor tumanidagi So‘galli ota ziyoratgohi yonida shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qurilishini boshlatgan masjid uzoq yillar qarovsiz holda qolib ketgandi.

Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili fevral oyida bu yerga kelib, masjidni keng va ko‘rkam qilib qurish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Bugun 2 gektardan ziyod maydonda ulkan majmua bunyod etildi. Avvalgi loyihadagi ayvon o‘rni ham masjid binosiga qo‘shilib, yanada kengaytirildi.

Majmuadan, shuningdek, konferens-zal, o‘quv xonalari, tahorat xona, muzey va boshqalar joy olgan.

Yo‘l bo‘yidagi So‘galli ota maqbarasi ta’mirlangan. Beton qoldiqlari chiqarib tashlanib, ko‘kalamzorlashtirilgan.

Prezident bu masjid shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga munosib bo‘lganini ta’kidladi.

Shayx hazratlarining ilmiy merosini o‘rganish, ma’rifat va odob-axloq mavzularida ko‘proq kitoblar chop etish, jamiyatdagi ma’naviy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют