» » Devid Bekhem haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘ldi

Devid Bekhem haydovchilik guvohnomasidan mahrum bo‘ldi


Angliya terma jamoasi sobiq sardori Devid Bekhem avtomashina boshqarayotgan vaqtida telefondan foydalangani uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi, deb xabar berdi Goal.

Sud qaroriga ko‘ra, sobiq futbolchi 6 oy mobaynida avtomashina boshqara olmaydi va u 750 funt jarima to‘lashi kerak. Bekhem Londonda o‘zining Bentley rusumli mashinasini boshqarayotgan vaqtida telefonda gaplashgan. Bu haqda politsiyaga 2018-yil 21-noyabr sanasida ma’lumot kelib tushgan. Futbolchining o‘zi ham aybiga iqror bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Bekhem o‘zining futbolchilik faoliyatida “Manchester Yunayted”, “Preston”, “Real”, “Los-Anjeles Gelaksi”, “Milan” va PSJ klublarida to‘p surgan.

Ayni damda angliyalik Amerikaning “Inter Mayami” klubi egasi hisoblanadi. Klub MLS’dagi ishtirokini 2020-yilda boshlaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют