» » Toshkentda 2 ayol AQShga viza to‘g‘rilab berishni va’da qilib, fuqaroning 7200 dollar pulini olib qo‘ydi

Toshkentda 2 ayol AQShga viza to‘g‘rilab berishni va’da qilib, fuqaroning 7200 dollar pulini olib qo‘ydi


Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 7-may kuni kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning sentabrida 62 yoshli Nargis S. va 55 yoshli Nargiz I. 62 yoshli Mukarram Sh. va uning qiziga AQShga viza olishda yordam berishni va’da qilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘z “xizmatlari” uchun ayollar 7200 dollar olgan, ammo va’dasini bajarmay, pulni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

IIBB fuqarolardan viza olish uchun zarur hujjatlarning barchasini rasmiy tarzda rasmiylashtirishga chaqirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют