» » Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Andijon”ni yengdi

Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Andijon”ni yengdi


10-may, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 8-turining dastlabki o‘yinida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi o‘z maydonida “Andijon”ni qabul qildi.

Bellashuv davomida mezbon jamoa a’zolari Shohruz Norxonov (31) hamda Daniel Nasriddinovning urgan goliga (43) andijonliklar yarim himoyachi Shahzod Ubaydullayevning goli bilan javob qaytardi. Shu tariqa jizzaxliklar o‘z uyida “Andijon”ni mag‘lub etib, 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “So‘g‘diyona” ochkolari sonini 9 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Andijon” hisobida esa 7-ochko mavjud va jamoa 12-o‘rinni band qilib turibdi.

Superliga

8-tur bahslari

10-may, juma

Gollar: 1:0 — 31 Shohruz Norxonov, 2:0 — 43 Daniel Nasriddinov, 2:1 — 68 Shahzod Ubaydullayev

“So‘g‘diyona”: Shirinboy Abdullayev, Iskandar Shayqulov, Elyor Orifov, Kaxi Maxaradze, Sanjar Rashidov (Davron Umirov, 74), Siroj Meliyev (Oybek Nurmatov, 70), Shohruz Norxonov, Sherzod Shakirov, Daniel Nasriddinov (Nuriddin Hasanov, 81), Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov

“Andijon”: Ruslan Matniyozov, Boburjon Omonov, Farhod Mirahmatov (Sardor Sulaymonov, 88), Oybek Qilichev (Abdurahmon Abdulhaqov, 80), Farhodbek Bekmurodov, Shahzod Ubaydullayev, Ildar Mamatkazin, Shahboz Jumaboyev, Asror G‘afurov, Abror Husinov, Bobur Akbarov (Doniyor Ismoilov, 46)

Ogohlantirishlar: Daniel Nasriddinov (62), Asror G‘ofurov (83)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют