» » Davr bankning Toshkent shahar Uchtepa filiali aldangan omonatchilarga pulini qaytarib bera boshladi

Davr bankning Toshkent shahar Uchtepa filiali aldangan omonatchilarga pulini qaytarib bera boshladi


Bugun, 10-may kuni ertalab Davr bankning Uchtepa filiali mijozlariga turli vaqtlarda qabul qilingan, ammo hisob varagiga yozilmagan pullarni qaytarib bera boshladi. Bu haqda Novosti Uzbekistana xabar berdi.

Zarar korgan omonatchilarning aytishicha, kecha, 9-may kuni bank ularga pulini qaytarib berishini xabar qilgan. Markaziy bank fuqarolar murojaatiga kora royxat tuzgan va uni Davr bank boshqaruvchisiga taqdim etgan.

Yaqindagina biz bank xodimlariga pasportimizdan nusxa va bank kassasiga qilgan tolovimizning kvitansiyasini qoldirdik. Bugun ertalabdan bank biz bilan shartnoma tuzdi. Soat 11 ga yaqin bizning pulimizni qaytara boshladi, deydi bank omonatchilaridan biri Saodat Toraxonova.

Hozirda onga yaqin odam oz jamgarmalarini qaytarib olishga muvaffaq boldi. Lekin royxatda yana ancha aldangan omonatchilar bor.

7-may kuni Davr bankning Uchtepa filialida keng kolamli hodisa yuz bergan: kassir va kredit bolimi xodimi katta miqdordagi summani omarishda gumon qilingan. Toshkent shahar IIBBni xabar qilishicha, allaqachon 20 dan ortiq jabr korgan fuqarolardan ariza kelib tushgan. Lekin aldangan omonatchilarning soni kundan kunga oshib bormoqda. Oz navbatida bank boshqaruvchisi bu voqeaga bankning aloqasi yoqligini hamda tergov tugamagunicha hech kimning puli yoqolib qolmasligini, chunki jabr korganlar bank mijozlari emasligini aytgan.

Bank boshqaruvchisi va huquqshunos fuqarolarga huquqni himoya qilish organlariga murojaat qilishlarini tavsiya qilgan.

Kuni kecha Markaziy bank bu masalada rasmiy bayonot qilgan. Unga kora, agar Davr bank zarar korganlarga oz omonatini qaytarmasa, unga nisbatan qatiy chora koriladi. Bundan tashqari, Markaziy bank bank rahbariyatining javobini, jumladan, jinoyat sodir etish uchun sharoit yaratishda fuqarolarni ayblagan rasmiylarning bayonotlarini yetarli emas deb hisobladi. Bu bank aksiyadorlari boshqaruvchini almashtirishni talab qilishiga imkon beradi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-05-2019, 21:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -