» » Toshkentda “Soy bo‘yi” sayilgohi barpo etildi (foto)

Toshkentda “Soy bo‘yi” sayilgohi barpo etildi (foto)


Toshkentning Olmazor tumanidagi “Damashi” kanalining uzunligi 1100 metr bo‘lgan qirg‘oq bo‘yida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, “Soy bo‘yi” sayilgohi barpo etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu maqsadlar uchun Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan zarur miqdorda mablag‘ ajratildi.

Kanal qirg‘oq bo‘yi mintaqasi 7 ta lotga bo‘linib, ularda tadbirkorlik subyektlari tomonidan restoranlar, dam olish maskanlari, kovorking markazi, fitnes klubi tashkil etildi. Shuningdek, Eyfel, Piza minoralari, Luvr piramidasi va boshqa shunga o‘xshash mashhur obyektlar maketlari barpo etildi. Parkka tutash hududda aholi uchun qulay kutubxona ochildi.

Joriy yil 9-may kuni ushbu sayilgohning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tib, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan faxriylar uchun bayram tadbiri o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют