» » IIBB O‘zbekistondan 500 nafarga yaqin Moldova fuqarosi chiqarib yuborilganini ma’lum qildi

IIBB O‘zbekistondan 500 nafarga yaqin Moldova fuqarosi chiqarib yuborilganini ma’lum qildi


Internetda ichki ishlar organi xodimlarini “fosh etadigan” navbatdagi maqola chiqib, uning mualliflari Toshkent shahar IIBB rahbarlaridan birini ayblamoqda, deya xabar berdi IIBB matbuot xizmati.

Jurnalistlar “anonim manbalar”ga tayangan holda ichki ishlar organi va kriminal elementlar “Moldovadan kelgan tadbirkorlardan zo‘rlik bilan ulush undirayotganlari” haqida yozgan.

Tahririyat vakili Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari bilan telefon orqali bog‘lanib, aniq faktlarsiz yoziladigan barcha ma’lumotlar asossiz bo‘lib, mish-mishdan boshqasiga yaramasligi haqida izoh olgan.

Shuningdek, jurnalistga xat bilan yoki idoraning saytiga IIBB xodimlarining noqonuniy harakatlarini fosh qiladigan materiallarni yo‘naltirish tavsiya etilgan. Ammo saytga bu kabi birorta murojaat kelib tushmagan.

IIBBning yozishicha, joriy yil bahorida odamlardan ularga oddiy molni uch baravar narxda sotgan moldovan millatiga mansub shaxslarga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan murojaatlar kelib tushgan. Toshkent shahar IIBB xodimlari aholi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazib, qo‘ldan turli xil mollar xarid qilishga shoshmaslik, ularning narxini do‘konlardan aniqlashtirishni tavsiya qilgan. Shuningdek, Moldova fuqarolarining harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘qligi, ularning ba’zilari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun patentga egaligi aytilgan.

Poytaxt aholisi 2015—2018-yillarda ham Moldovadan kelgan o‘zlarini tadbirkor sifatida tanishtirgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Kelib tushgan arizalar asosida o‘ndan ortiq firibgarlik faktlari bo‘yicha Jitnoyat Kodeksining 168-moddasi, 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, chet el fuqarolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish qoidalarini buzilganligi bilan bog‘liq faktlar bo‘yicha yuzdan ortiq ma’muriy bayonnomalar tuzilib, 500 nafarga yaqin Moldova fuqarosi respublikadan chiqarib yuborilgan. Soliq organlari xodimlari Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadbirlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi buzilganligi bo‘yicha yuzdan ortiq fakt aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, Moldova fuqarolarning ba’zilari noqonuniy faoliyat yuritish maqsadida, maishiy texnika va boshqa uy anjomlarini bir necha baravar qimmat narx evaziga sotish uchun kelishlarini poytaxt aholisi tushungan. Moldova fuqarolari o‘sha maqolada bayon qilingan “anonim tadbirkorlar”dir.

“Isbot-dalillar yo‘q ekan, internetda chiqarilgan matndagi ichki ishlar organi xodimlarining huquqbuzarliklarga aloqadorliklari to‘g‘risidagi ayblovlar asossiz hisoblanib, mish-mishlardan boshqa narsa emas”, — deyiladi IIBB xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют