» » Toshkentdagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome masjidiga hazratning o‘g‘illari imom-xatib etib tayinlandi

Toshkentdagi “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” jome masjidiga hazratning o‘g‘illari imom-xatib etib tayinlandi


Toshkentda bunyod etilgan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi jome masjidiga hazratning o‘g‘illari, “Hilol nashr” nashriyoti rahbari Ismoil Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf imom-xatib etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shuningdek, shayx hazratlarining suyukli shogirdlari, hofizi kalomulloh Bahodir qori Rahmatullev mazkur masjid imom noibi vazifasiga tayinlandi.

Ismoil Muhammad Sodiq 1976-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1994-yil “Islomiy da’vat kulliyasi”ga o‘qishga kirdi. To‘rt yil bakalavr bosqichida, so‘ng ikki yil magistraturada o‘qib, 2001- yili ushbu kulliyani tamomladi.

Shundan so‘ng elchixonalar, diniy ta’lim muassasalari, nashr ishlari, sayt va ta’lim markazlarida faoliyat olib bordi. Hozirda “Hilol nashr” nashriyoti rahbari hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют