» » Xorazmda o‘qituvchilarga “Farhod va Shirin”konsertiga chiptalar majburiy sotilgani inkor etildi

Xorazmda o‘qituvchilarga “Farhod va Shirin”konsertiga chiptalar majburiy sotilgani inkor etildi


8-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda estrada xonandalari Farhod va Shirinning konsertiga chiptalar o‘qituvchilarga majburiy sotilayotgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda “Minbar.uz” xabar berdi.

Vaziyatni o‘rgangan Xorazm viloyat XTBning ma’lum qilishicha, konsert tashkilotchilari chiptalarni sotish bo‘yicha XTBga murojaat qilmagan. Maktab o‘qituvchilariga ham hech qanday chiptalar majburan sotilmagan.

Viloyat XTBning qayd etishicha, ular hatto konsert bo‘lib o‘tishidan ham bexabar bo‘lgan.

Farhod va Shirinning konserti 9-may kuni Urganch shahridagi “Avesto” majmuasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют