» » Janubiy Koreya 2024-yildan harbiy robotlarni amaliyotga joriy qilmoqchi

Janubiy Koreya 2024-yildan harbiy robotlarni amaliyotga joriy qilmoqchi


Janubiy Koreya 2024-yildan boshlab hayvonlar, ilonlar va hasharotlarga taqlid qiladigan harbiy robotlarni joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, asosiy mudofaa texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha loyihalar tayyorlangan. Qurol-aslaha sotib olish agentligi kelajakdagi qurol tizimiga tirik mavjudotlarning suratida va ularga o‘xshash qilib yaratilgan robotlarni qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Agar rejalar amalga oshsa, inson, sudralib yuruvchilar, hasharotlar va dengiz jonivorlari timsolidagi robotlar 2024-yildan boshlab amaliyotga joriy qilinadi.

“Biorobotlar kelajakdagi urushlarda o‘yin qoidalarini o‘zgartiradi va ular bilan bog‘liq texnologiyalar mudofaa sanoati sohasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirishi kutilmoqda”, — deydi agentlik vakili.

Bunday robotlar qidiruv-qutqaruv operatsiyalari va razvedka uchun mo‘ljallangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют