» » Hayotini ot ochirishga bagishlagan inson. Jamoliddin Hayitmatov bilan intervyu

Hayotini ot ochirishga bagishlagan inson. Jamoliddin Hayitmatov bilan intervyu


Ozbekistonda Yosh ot ochiruvchilarmusobaqasi bolib otayotgan bir vaqtda Sputnik muxbiri Yunusobod tumani Yongin xavfsizligi bolimi komandiri, 21 yillik ish stajiga ega Jamoliddin Hayitmatov bilan ushbu kasb tafsilotlari haqida suhbatlashdi.

Ot ochiruvchi kasbi yoxud qutqaruvchilar ishining xavfli tomonlari

Jamoliddin Hayitmatovning aytishicha, yongin xavfsizligi bolinmasiga armiyada xizmatni otashi bilanoq joylashgan bolalikdan insonlarni qutqarishni orzu qilgan va bu olijanob istak uni yongin ochiruvchi kasbi sari yetaklagan.

Ot ochiruvchi kasbi erkak kishilarga xos kasb bolgani uchun tanlaganman. Harbiy xizmatni otayotgan paytimda bu kasb egalari harbiylarga tenglashtirilgan edi. Yongin xavfsizligi bolinmasiga armiyadan keyin kelganman, deydi u.

Suhbatdoshimning aytishicha, uydagilari uning bu istagiga qarshi bolmagan, aksincha, insonlarga foydang tegadigan, yaxshi kasb tanlabsan, deya oq fotiha berishgan.

Ot ochiruvchi qanday xislatlarga ega bolishi kerak, degan savolimga Jamoliddin Hayitmatov bu kasb egalari muntazam mashqlarda toblangan, yani jismonan baquvvat, ruhiy tomondan ozlarini yenga olgan bolishlari kerak, deya javob beradi.

Sport juda katta yordam beradi. Puxta jismoniy tayyorgarliksiz yaxshi yongin ochiruvchi bolish qiyin. Tasavvur qiling, yongin roy berganida ozimiz bilan oladigan kiyim-bosh, anjomlarimiz ogirligi ortacha 35-45 kilogrammni tashkil qiladi. Siz bu yuk bilan zarur holatlarda deylik beshinchi qavatga katta tezlikda kotarilishingiz kerak. Bunday ishlarni jismoniy tayyorgarliksiz amalga oshirib bolmaydi, deya tushuntiradi u.

Qolaversa, favqulodda holat yuz bergan vaqtda nafaqat insonlarni ot ichidan olib chiqish, balki yongin ochiruvchining oz hayotini saqlab qolishi ham goyat muhim. Ot ochiruvchi bir inson hayotini qutqaraman, deya hodisa joyiga kelib, u yerda qolib ketishi kerak emas. Kichik xato uchun tolov narxi qimmatga tushishi mumkin.

- Ot ochiruvchining asosiy vazifasi insonlarni qutqarish. Lekin agar uy jonivori olov ichida qolib ketgan bolsa-chi, yongin ichiga kirib borasizmi?

- Albatta, yongin roy bergan vaqtda odamlar uydan qochib chiqib, jonivorlarni olov ichida unutib qoldirgan vaqtlar ham boladi. Keyin qutqaring, iltimos, deya iltimos qilishadi. Kop hollarda bunday iltimoslarni bajarganmiz.

- Yongin roy bergan joyga yetib bordingiz, ishingiz nimadan iborat boladi?

- Jamoamizda har bitta xodimni oz vazifasi bor. Yongin roy bergan joyga yetib borganimizda, avvalo bolinma komandiri razvedka otkazadi, yani yongin ichida odam bor-yoqligi aniqlanadi. Katta ot ochiruvchi yongin ochirishga kirishadi. Eng yoshi haydovchiga yordam beradi va shu tarzda barcha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

- Qorquv bolmaydimi?

- Biz ishga kirishishdan oldin maxsus kurslarda tayyorgarlikdan otamiz. Jarayon ichiga kirib borsangiz, barchasini togri amalga oshirishni puxta organsangiz, qorquv oz-ozidan yoqoladi. Olov ichida nima borligini hech kim bilmaydi, shu bois undan qorqqan odam hech qachon yongin ochiruvchi bololmaydi.

- Jamoliddin aka, siz 21 yillik tajribaga ega ot ochiruvchisiz. Aytingchi, aksariyat hollarda yonginlar nima sababdan roy beradi?

- Kop hollarda yonginlar xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik, yani qisqa tutashuvlar tufayli roy beradi. Keyin mast holatda sigareta chekib, uxlab qolish holatlari fojiali yakun topgan vaqtlar ham kop.

Inson psixologiyasida shok degan holat bor. Deylik, u 101 raqamini yoddan bilsa ham, yongin roy berganida, ozini yoqotib qoyib, kerakli raqamni tera olmasligi mumkin. Qolaversa, 70 % holatlarda yongin haqida kech xabar beriladi. Kop joyda uy yongani haqida qoshnilardan xabar kelib tushadi.

- Tajribali ot ochiruvchi sifatida fuqarolardan nimani sorab qolardingiz?

- Bilasizmi, bir holat kop kuzatiladi, kopincha yongin boshlanganida, fuqarolarimiz olovni mustaqil ochirishga harakat qiladilar. Masalan, oshxonada yog yona boshlasa, ustiga bir chelak suv agdarib yuborishadi va yongin ochish orniga alanga olib ketadi. Bunday holatlarda yonayotgan yog ustini darhol qopqoq bilan yopish lozim. Tokli asboblar yonadigan bolsa, suv sepish qatiyan mumkin emas. Insonni shu yerning ozida tok urishi, noxushlik yuz berishi mumkin.

Yongin boshlanganida har bir soniya ganimat. Aytaylik, yonginni bartaraf etish xizmati raqami 101 bolganiga bir necha yillar bolib ketgan bolsa ham, hali ham 01ga qongiroq qiladiganlar bor.

Yongin roy berganida, baqir-chaqir, qoshnilarni yordamga chaqirishga vaqt sarflamasdan, darhol ot ochiruvchilarga qongiroq qilish lozim. Imkon bolsa, zarur hujjatlarni olib yongin roy berayotgan joyni imkon qadar tezroq tark etish lozim. Bu haqda biz kop gapiramiz, afsuski, aksariyat hollarda fuqarolarimiz loqaydlik qiladilar. Umid qilamizki, yongin balosi ulardan yiroq boladi.

Suhbatdoshim bilan intervyuni yakunlar ekanman, Bu xavfli kasbni tanlaganingizdan afsuslanmaysizmi?, deya savol beraman. Jamoliddin Hayitmatov hech qachon afsuslanmaganini aytadi. Togri, qiyinchiligi kop, lekin bilasizmi, yongin ochiruvchilarni butun dunyoda qadrlashadi. Olov ichiga kirib, bir inson hayotini qutqarganingizda, minnatdorlik bildirishni unutib qoysalar ham ranjimaymiz. Axir kasbimizda fidoyilik birinchi orinda turadi. Lekin oddiygina "rahmat sozi ham biz ot ochiruvchilar uchun juda katta ragbat, - deydi suhbatdoshim.

Aytgancha, Ozbekistonda aholi soni yiliga kopayayotgani, bu esa turar va noturar joylarning soni kopayib borishiga sabab bolayotganiga qaramay, songgi on yilda sodir bolgan yonginlar, ularda halok bolgan va tan jarohati olganlar soni kamayib bormoqda. Masalan, 2008-yilda 14 725 ta yongin bartaraf etilgan bolsa, 2017 yilga kelib, bu raqam 12 705tani tashkil etdi. Vafot etganlar soni 218 nafardan 159 nafarga kamayib, songgi besh yilda sodir bolgan yonginlarning 80 foizi boshlangich davrida bartaraf etildi. Natijada 399 nafar kishining hayoti saqlab qolingan.



Manba: Daryo.uz
: admin (12-05-2019, 15:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
:
-
:
20 ... -