» » Andijon viloyat IIB tungi paytda surishtiruv uchun olib kelingan yigit kaltaklanganligi yuzasidan izoh berdi

Andijon viloyat IIB tungi paytda surishtiruv uchun olib kelingan yigit kaltaklanganligi yuzasidan izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Andijonlik yigit uni IIB 1-bo‘limi boshlig‘i kaltaklaganini iddao qildi” nomli habar hamda shu mazmundagi Ichki ishlar vazirligi virtual qabulxonasiga qilingan murojaat Andijon viloyat IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

2019-yilning 12-aprel kuni Andijon shahri, Bo‘ston dahasida yashovchi Dilnoza Ismoilova Ichki ishlar vazirligi virtual qabulxonasiga murojaat qilgan.

Unda 1992-yilda tug‘ilgan o‘g‘li Hasanboy Ismoilov joriy yil 6-aprel kuni soat 24.00lar chamasida Bo‘ston dahasidagi kompyuter o‘yinlari klubidan 5-6 nafar tanishi bilan chiqayotgan vaqtida ichki ishlar xodimlari ushlab, Andijon shahar IIO FMB 1-son IIBga olib kirib, u yerda uni nafsoniyatiga teguvchi so‘zlar bilan haqorat qilganligi, o‘g‘li huquqini talab qilganida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari bilan birga unga tan jarohati yetkazganligi, so‘ng o‘zlari chiqib ketib, boshqa xodimlarni kiritib, ariza qilmaysan deb shart qo‘yishganini bildirgan.

O‘g‘li “ariza qilmayman” deb og‘ir ahvolda IIBdan chiqib, tonggi soat 05.00 atrofida uyga kelganligi, uning bo‘yin qismi ko‘kargani, nafas olishga qiynalayotganligi, oqsoqlanib yurganligini ko‘rib, viloyat kasalxonasiga olib borib yotqizganligii, o‘g‘liga tan jarohati yetkazgan boshliq va o‘rinbosariga tegishli jazo berishni so‘ragan.

Holat bo‘yicha 2019-yil 16-aprel kuni Andijon shahar prokurori Ichki ishlar boshqarma boshlig‘i nomiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha taqdimnoma yuborgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB Kadrlar boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Unda aniqlanishicha, 2019-yil 7-aprel kuni jamoatchilik vakili Abdulbosit Daminov Andijon shahar IIB 1-sonli IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda tungi xizmatga biriktirilgan vaqtida ma’muriy binoga olib kelinganlar bilan o‘tkazilgan profilaktik-ogohlantiruv ishlari davomida unga nisbatan tungi xizmatda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib kelingan Hasanboy Ismoilov shaxsini bayon qilish o‘rniga unga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lib, belgilangan tartiblarga amal qilmasdan u bilan tortishib ketganligini bayon qilgan.

Xizmat tekshiruvi davomida H.Ismoilov va jamoatchilik vakili A.Daminov hamda shu vaqtda atrofda bo‘lganlarning ko‘rgazmalarida qarama-qarshiliklar vujudga kelayotganligini inobatga olib, H.Ismoilovning tanasida yengil tan jarohatlari borligi haqida sud tibbiy ekspertiza xulosasi berilganligi hamda H.Ismoilovga ushbu jarohatlar qay holatda va kim tomonidan yetkazilganligiga aniqlik kiritish maqsadida, surishtiruv davomida to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Andijon shahar prokuraturasiga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют