» » Parij arxitektura byurosi yong‘inda vayron bo‘lgan Notr-Dam ibodatxonasini qayta tiklash loyihasini ishlab chiqdi

Parij arxitektura byurosi yong‘inda vayron bo‘lgan Notr-Dam ibodatxonasini qayta tiklash loyihasini ishlab chiqdi


Notr-Dam ibodatxonasining tomni shisha, eman va uglerod tolasidan qayta qurish taklif qilinmoqda. U cherkovning havo aylanasi uchun elektr, issiqlik va quvvat manbasi bo‘ladi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Vincent Callebaut Architectures Parij arxitektura byurosi yong‘inda vayron bo‘lgan Notr-Dam ibodatxonasini qayta tiklash loyihasini ishlab chiqdi. Unga Palingenesis deb nom berildi.

Arxitektorlar loyihani yunonchadan qayta uyg‘onish va dam olish tushunchasi bilan bog‘lagan. Byuro tomni shisha, eman va uglerod tolasidan qilishni, gumbazga esa misdan yasalgan machta o‘rnatishni taklif qildi. G‘oyaga ko‘ra, machta “ilohiy yashin qaytargich” va dindorlarning himoyachisi aylanishi kerak.

Ibodatxonaning tomida bog‘ va sabzavot maydonlari yaratishni taklif qilindi — bog‘ xayriya tashkilotlari va ko‘ngillilar tomonidan boshqariladi. Loyiha mualliflarining rejasiga ko‘ra, bog‘da muhtoj mahalliy aholiga bepul oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Shu yo‘l bilan yiliga 21 tonnagacha meva-sabzavot yetishtirilib, har hafta ibodatxona hovlisida fermerlik bozori ish yuritadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют