» » Toshkent shahar IIBB xodimlari 5-qavatdan sakramoqchi bo‘lgan erkakni qutqarib qoldi (video)

Toshkent shahar IIBB xodimlari 5-qavatdan sakramoqchi bo‘lgan erkakni qutqarib qoldi (video)


Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tezkor guruhi o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan 50 yoshli erkakni qutqarib qoldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

“Kecha, 11-may kuni, soat taxminan 10:30 larda 102 raqamiga bir erkak telefon qildi. U o‘z joniga qasd qilmoqchi ekanligi, buning uchun to‘qqiz qavatli uyning 5-qavatidan sakrashini ma’lum qilgan. Voqea joyiga — Chilonzor tumani 20-dahasiga Ichki ishlar tezkor guruhi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tez tibbiy yordam, shahar psixiatrik klinik shifoxona xodimlari hamda o‘t o‘chiruvchilar brigadasi yetib kelgan. Shuningdek voqea joyiga tuman hokimi bilan prokuror yetib borgan”, – deyiladi IIBB xabarida.

Ma’lum qilinishicha, erkak kichkina osma balkonning to‘sinini oshib o‘tib, qarori qat’iy ekanligini aytib, baqirgan. Yig‘ilganlar oilasi, farzandlari haqida o‘ylab, bu qaroridan qaytishga chaqirgan.

Shundan so‘ng, Toshkent shahar IIBB rahbarining buyrug‘iga ko‘ra, voqea joyiga IIBB maxsus topshiriqli mobil otryadi xodimlari yo‘naltirildi, ular o‘z professional malakalarini ishga solib, erkakni qutqarib qolgan.

Ayni paytda erkak bilan psixiatr ishlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют