» » Germaniyalik oila mashinada O‘zbekistonga 66 kunda yetib keldi (foto)

Germaniyalik oila mashinada O‘zbekistonga 66 kunda yetib keldi (foto)


Mashhur fokuschi Tobi Van Deisner turmush o‘rtog‘i va hali ikki yoshga to‘lmagan o‘g‘li bilan Germaniyadan mashinada 11342 kilometr yo‘l bosib 66 kunda O‘zbekistonga yetib keldi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Ular Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohatga chiqqan.

Sayyohlar 10 oy ichida turli mamlakatlar va odamlarning yashash tarzi bilan tanishishni maqsad qilgan. Ular 2019-yilning sentabr oyigacha Xitoyning shimoliy qismidan janubigacha kesib o‘tmoqchi. Keyin Laos, Tailand va Malayziyaga borib sayohatni yakunlaydi.

– O‘zbekistonga yetib kelganimizga to‘rt kun bo‘ldi, – deydi Tobi Van Deisner. – Yurtingizga o‘ndan ortiq davlatdan o‘tib, yetib keldik. Bu mamlakatga kelish ko‘p yillik orzuyim edi. Men yurtingiz haqida juda ko‘p kitoblar o‘qiganman. O‘sha kitoblar orqali O‘zbekiston haqida ko‘p ma’lumotlarga ega bo‘ldim va bu oilamizni vataningizga sayohat qilishga undadi. Turmush o‘rtog‘im bilan mamlakatingizdagi tarixiy obidalar, xalqingiz urf-odatlarini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rishga oshiqdik. Xivaga kelishdan avval Nukusda bo‘ldik. Nukus bilan Orol dengizi va hatto Xivaning ham tabiati, odamlari bir-biridan farq qilar ekan. Bu bizda katta taassurot qoldirdi. Bugun Buxoroga, keyin Samarqandga yo‘l olamiz.

Nazarimda Buxoro va Samarqandning tabiati va odamlari ham o‘zgacha bo‘lsa kerak. Xivada bir oilani uchratdik. Ular bizga juda ko‘p yordam berishdi. Eng qizig‘i esa samimiy, dilkash va mehmondo‘stliklari bir-biridan umuman farq qilmaydi. Sayohatimiz haqida batafsil ma’lumot polarsteps.com/sirmobi va shaxsiy veb-saytimda berib borilmoqda. Unda boshimizdan o‘tganini yozamiz, suratlar va video joylashtiramiz. Bu O‘zbekistonga turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladi, deb o‘ylaymiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют