» » Ijtimoiy tarmoqlarda Said-Abdulaziz Yusupovning hibsga olinishidan oldin yozib qoldirgan video murojaati paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Said-Abdulaziz Yusupovning hibsga olinishidan oldin yozib qoldirgan video murojaati paydo bo‘ldi


Facebook ijtimoiy tarmog‘ida O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupovning O‘zbekiston Prezidentiga yo‘llagan video murojaati paydo bo‘ldi. Ushbu murojaatni uning ukasi Muhammad Bahouddin Yusupov tarmoqqa joylagan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Said-Abdulaziz Yusupov 10-may kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasida ko‘zda tutilgan firibgarlik faktlari aniqlanganligi yuzasidan ushlanganini ma’lum qilgandi.

Ta’kidlanishicha, Said-Abdulaziz Yusupov tomonidan juda katta miqdordagi ziyonni ko‘zda tutuvchi firibgarlik faktlarining sodir etgani aniqlanganligi nuqtai nazaridan hozirda unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilishi masalasi ko‘rilmoqda.

“Agarda ushbu murojaatim ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bo‘lsa men hibsda yoki Vatandan tashqarida va yoki Xudo ko‘rsatmasin baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan bo‘laman”,  — deya boshlangan video murojaat davomida Said-Abdulaziz Yusupov o‘ziga nisbatan tazyiqlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilgan.

"PREZIDENTIMGA MAKTUB" Bu videoni akam Said-Abdulaziz Yusupovdan 25.09.2018 da yozib olganmiz. O`sha vaqtda ham qanaqadir tuhmatlar, ta`ziyqlar ichida edilar va menga bunday holat yana takrorlanishi mumkin degandilar. O`shanda juda toshib ketdilar. Keyin har ehtimolga qarshi shu videoni yozib oldik. Men akamning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga qilgan bu murojaati juda ko`p narsalarga oydinlik kiritishiga va akamning tez kunlarda oilamiz bag`riga qaytishiga ishonaman.

Geplaatst door Muxammad Bahouddin Yusupov op Zondag 12 mei 2019

Muhammad Bahouddin Yusupovning qayd etishicha, mazkur video 2018-yilning 25-sentabrida tasvirga olingan bo‘lib, o‘sha vaqtda akasi qandaydir tuhmat va tazyiqlar iskanjasida yurgan.

“Bu videoni akam Said-Abdulaziz Yusupovdan 25-sentabr 2018-yilda yozib olganmiz. O‘sha vaqtda ham qanaqadir tuhmatlar, tazyiqlar ichida edilar va menga bunday holat yana takrorlanishi mumkin degandilar. O‘shanda juda toshib ketdilar. Keyin har ehtimolga qarshi shu videoni yozib oldik. Men akamning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga qilgan bu murojaati juda ko‘p narsalarga oydinlik kiritishiga va akamning tez kunlarda oilamiz bag‘riga qaytishiga ishonaman”, — deb yozadi Muhammad Bahouddin Yusupov.

Ma’lumot uchun, Said-Abdulaziz Yusupov OAVlardagi bir qator maqolalari va video chiqishlari bilan tanilgan edi. Xususan, uning uchta FFF nazariyasi haqidagi chiqishi ayniqsa shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют