» » Qozog‘iston Suriyadan 231 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi

Qozog‘iston Suriyadan 231 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi


Suriyadan 7 va 9-may kunlari Qozog‘istonning 231 nafar fuqarosi evakuatsiya qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ma’lum qilgan.

“Topshirig‘imga ko‘ra Suriyadan evakuatsiya qilingan qozog‘istonliklarning 156 nafari asosan maktabgacha yoshdagi bolalar. Ular orasida 18 nafar yetim ham bor”, — ta’kidlagan Qozog‘iston prezidenti.

Jangovar harakatlar hududidan keltirilgan barcha fuqarolarga tibbiy, ruhiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatilgani bildirilmoqda.

To‘qayevga ko‘ra, mazkur aksiya joriy yil yanvar oyida mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarbovning ko‘rsatmasiga binoan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan “Jusan” operatsiyasining davomi bo‘lgan. O‘shanda Suriyadan 47 nafar qozog‘istonlik keltirilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют