» » Suriyada garovda bo‘lgan 47 nafar qozog‘istonlik evakuatsiya qilindi

Suriyada garovda bo‘lgan 47 nafar qozog‘istonlik evakuatsiya qilindi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublika huquq-tartibot organlari mamlakatning 47 nafar fuqarosini Suriyadan evakuatsiya qilganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Joriy yilning 6-yanvarida huquq-tartibot organlari va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan gumanitar operatsiyalar natijasida Qozog‘istonning 47 nafar fuqarosi, shu jumladan 30 nafar bolalar Suriyadan evakuatsiya qilindi.

Ular inqirozga uchragan mamlakatga aldov yo‘li bilan olib kelinib, terrorchilar qo‘lida garovda ushlab turilgan”, – deyiladi prezident matbuot xizmati tomonidan 9-yanvar kuni e’lon qilingan Nursulton Nazarboyev bayonotida.

Prezident, shuningdek, evakuatsiya qilingan ayollar va bolalarga davlat tomonidan kerakli barcha yordam ko‘rsatilganini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют