» » “Manchester Siti” o‘z tarixida 6-marta Angliya chempioni bo‘ldi

“Manchester Siti” o‘z tarixida 6-marta Angliya chempioni bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining oxirgi turida “Manchester Siti” safarda “Brayton”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (4:1).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “shaharliklar” 98 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalidagi yetakchiligini saqlab qoldi va Angliya chempioniga aylandi.

Shu bilan birga “mankunianlar” tarixda 6-marotaba (APL qayta tashkil etilgan 1992/93-yilgi mavsumdan boshlab hisoblansa, 4-marta) mamlakat chempionligini tantana qildi. Klub 1937, 1968, 2012, 2014 va 2018-yillarda ham ushbu sovrinni qo‘lga kiritgandi.

Bundan tashqari Pep Gvardiola jamoasi ketma-ket 2 yil Angliya chempioniga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют