» » O‘zbekiston Milliy universiteti Isroilning Xolon texnologiyalar instituti bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston Milliy universiteti Isroilning Xolon texnologiyalar instituti bilan hamkorlik qiladi


Joriy yilning 13—17-may kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Isroilning Xolon texnologiyalar instituti hamkorligida STEMM (Science – Technology – Education – Mathematics – Medicine) Scientific Program of the Uzbek-Israel Conference konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda universitet matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad qator sohalarda, jumladan, kompleks analiz, potensiallar nazariyasi, matematik modellashtirish masalalari, innovatsion rivojlanish tendensiyalari, zamonaviy raqamli texnologiyalar, ta’lim va tibbiyot sohalarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va bu borada tajriba almashishdan iborat.

Bugun biz Buxoroga yo‘l olamiz. U yerda xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlaydi. Matematika, raqamli tibbiyot, muzeyologiya, ta’lim berish metodikasi kabi yo‘nalishlarida konferensiyalar o‘tkaziladi. Shu bilan birga matematika–fizikaga ixtisoslashgan Qorako‘l maktabining o‘quvchilari bilan uchrashuv rejalashtirganmiz. 16-may kuni esa konferensiya o‘z ishini Toshkentda, O‘zMUda davom ettiradi.

Shifokor-oftolmologlardan tashkil topgan bir guruh isroillik olimlar 5 kun davomida o‘z hisoblaridan xayriya aksiyasini o‘tkazadi.

Eduard Yakubov, Xolon texnologiyalar instituti prezidenti 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют