» » Singapurda bot tomonidan tayyorlangan tarixdagi ilk jurnal chop etildi

Singapurda bot tomonidan tayyorlangan tarixdagi ilk jurnal chop etildi


Esquire jurnalining Singapur versiyasi aprel soni noan’anaviy tarzda chop etildi, deb xabar berdi “Adindex.ru”. Nashrdagi maqolalarning bir qismi to‘lig‘icha sun’iy idrok yordamida, yana bir qismi esa muharrirlar qo‘li ostidagi bot tomonidan yozilgan.

Maqolalar yozish uchun maxsus AI Square nomli bot yaratilgan. U sun’iy idrok sohasiga ixtisoslashgan QLX kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Maqolalarning bir qismi bot tomonidan yozilgan, lekin tahririyat xodimlari tomonidan tahrirlangan.

Jurnalni chop etish uchun ikkita muqova tayyorlangan. Birida haqiqiy aktyor — Nikolay Koster-Valdauning surati, ikkinchisida esa Blawko ismli to‘qima musiqachining surati aks etgan.

“Jurnalning ushbu sonida muharrirning ikkita xati bor. Biri haqiqiy odam tomonidan 2,5 soatda, ikkinchisi esa robot tomonidan 2,5 daqiqada yozilgan va ularning qay biri yaxshiroq ekanligini aytish qiyin”, — deydi Conde Nast Traveller jurnali bosh sobiq bosh muharriri Gennadiy Mutasov.

Bu bosma OAVda sun’iy idrokdan foydalanish bilan bog‘liq birinchi holat emas. Moda haqidagi Stylist jurnalining 400-yubiley soni robotlarga bag‘ishlangan edi. Unda modellar dronlar orqali suratga olingan, makiyaj esa stilist-robotlar tomonidan qilingan, jurnal muqovasini esa nomi Sofiya bo‘lgan robot-model bezagan. Jurnalning mazkur noodatiy sonida ishlatilgan shriftlar ham sun’iy idrok tomonidan chizilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют