» » Donald Tramp Oq uyda iftorlik uyushtirdi (video)

Donald Tramp Oq uyda iftorlik uyushtirdi (video)


AQSh prezidenti Donald Tramp 13-may kuni Oq uyda iftorlik o‘tkazdi, deb xabar qildi Sputnik Global News’ga tayanib.

Mehmonlar ro‘yxatiga asosan musulmon davlatlarining diplomatik missiya rahbarlari kiritildi. Iftorlikda Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Misr, Turkiya, BAA, Tunis, Iroq, Qatar, Bahrayn, Marokash, Jazoir va Liviya elchilari qatnashdi.

O‘z nafbatida AQSh musulmon ijtimoiy jamoalar vakillari qatnashmadi.

Tadbir davomida AQSh prezidenti Donald Tramp nutq so‘zlab, islom olamini muqaddas Ramazon oyi bilan tabrikladi.

“Ramazon bu AQSh va butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas oydir”, — deb ta’kidladi AQSh prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, AQSh yetakchisi Oq uyda ketma-ket ikki yil davomida iftorlik tashkil qilmoqda. Biroq 2017-yilda bu tadbir qoldirilgandi, bu holat keskin tanqidga uchragandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют