» » O‘zbekistonda maktab bitiruvchilariga attestatlar 20-iyungacha topshiriladi

O‘zbekistonda maktab bitiruvchilariga attestatlar 20-iyungacha topshiriladi


Hukumat qarori bilan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish tartib to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (2019-yil 13-may, 393-son). Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, attestat va sertifikatlarni bitiruvchilarga topshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

har yili 10-iyunga qadar

bitiruvchilarning baholari, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq hujjatlar (sinf jurnali, baholar tabeli) o‘rganilib, attestat va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar ro‘yxati shakllantiriladi hamda pedagogik kengashga taqdim etiladi;

pedagogik kengash har yili 15-iyunga qadar bitiruvchilarni attestat va sertifikat bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi;

bitiruvchilarga attestat va sertifikat har yili 20-iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat)ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют