» » Shahodatnoma va attestatlarning zamonaviy himoyaga ega bolgan yangi namunasi tasdiqlandi

Shahodatnoma va attestatlarning zamonaviy himoyaga ega bolgan yangi namunasi tasdiqlandi


Ozbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan 9- va 11-sinf bitiruvchilariga beriladigan shahodatnoma va attestatlarning hamda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari bitiruvchilariga beriladigan sertifikatning yangi namunasi tasdiqlandi. Bu haqda Xalq talimi vazirligining axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur hujjatlarning namunasi 2019-yil 14-may kuni Vazirlar Mahkamasining Umumiy orta talim togrisidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqidagi qarori bilan tasdiqlandi.

Yangi namunadagi shahodatnoma va attestat hamda sertifikat 11 yillik majburiy umumiy orta talim tizimiga otilishi munosabati bilan tasdiqlandi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga kora, umumiy orta talim tizimida ilk marotaba nodavlat umumiy orta talim muassasalari bitiruvchilariga ham davlat namunasidagi shahodatnoma va attestatlarni berish nazarda tutildi.

Xalq talimi tizimida zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish va bitiruvchilar haqida malumot olishning oson va tezkor mexanizmini yaratish maqsadida maktab bitiruvchilariga shahodatnoma va attestat berishda elektron tizim joriy etiladi.

Elektron tizimga bitiruvchilar haqidagi malumot va baholarni kiritib boriladi. Har bir maktabda bitiruvchilarning malumotlar bazasi shakllantiriladi.

Maxsus muhofazalangan qogozda chop etilgan shahodatnoma va attestatning orqa qismida QR-kod joylashtiriladi va uni skaner qilish orqali bitiruvchi haqida umumiy bazadan malumot olish imkoniyati yaratiladi.

Shu kunga qadar shahodatnoma va attestatga bitiruvchining familiyasi, ismi, bitirgan maktabi, oqigan fanlari boyicha ozlashtirgan baholari ruchkada (qolda) faqat ozbek tilida yozilgan bolsa, bundan keyin kompyuterda uchta tilda (ozbek, rus, ingliz) yozilib, maxsus printerda chop etish rejalashtirilmoqda. Bu esa oz navbatida bitiruvchilarga xorijiy talim muassasalariga hujjat topshirishda yanada qulaylik yaratadi.

Shuningdek, qaror bilan fuqarolarning dublikat shahodatnoma va attestat olish boyicha murojaatlarini tezlashtirish, ortiqcha ovoragarchilik, byurokratizm va sarson-sargardon bolishini oldini olish maqsadida hujjat dublikatini berish tartibi soddalashtirildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-05-2019, 20:14)
+1 (: 1)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -