» » O‘zbekistonda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etiladi

O‘zbekistonda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etiladi


O‘zbekistonda Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari tashkil etiladi. Bu Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Hujjat bilan Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

tadbirkorlik subyektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, shu jumladan, videokonferensaloqa vositasida va sayyor qabullarni o‘tkazish;

tadbirkorlik subyektlarining, shu jumladan, chet ellik investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlash;

tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish va mavjud byurokratik, shu jumladan, yer uchastkalari va binolar, kreditlar ajratish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olish masalalaridagi to‘siqlarni bartaraf etish;

tadbirkorlikni rivojlantirishga va chet el investitsiyalarini jalb etishga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

tadbirkorlarning muammolarini hal etish maqsadida ularni qabul qilish, umumlashtirish, monitoring olib borish va nazorat qilish uchun samarali platforma joriy etilishini nazarda tutuvchi “business.gov.uz” yagona interaktiv portali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyati tashkil etiladi.

Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarida tadbirkorlarni, shu jumladan, chet ellik investorlarni qabul qilish hokimliklar, Savdo-sanoat palatasining tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, investitsiyalar va savdo, adliya, soliq inspeksiyasi, qurilish, davlat kadastri organlari, bank va boshqa tashkilotlarning hududiy organlari vakillari ishtirokida tasdiqlangan jadval bo‘yicha har kuni amalga oshiriladi.

Murojaatda ko‘rsatilgan qonuniy talablar va takliflarni tuman va shahar darajasida qanoatlantirish imkoniyati bo‘lmasa, ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalariga yuboriladi;

respublika darajasida hal etilishi kerak bo‘lgan tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlari keyinchalik Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasining rahbarlari va boshqa vakolatli organlar ishtirokida ko‘rib chiqish uchun kotibiyatga yuboriladi;

O‘zbekiston Bosh vaziri murojaatlari vakolatli organlar tomonidan hal etilmagan tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, chet ellik investorlarni doimiy asosda shaxsan qabul qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют