» » Golden House Britaniya kvartali – Greenwich’da savdolar boshlanganini e’lon qilinadi!

Golden House Britaniya kvartali – Greenwich’da savdolar boshlanganini e’lon qilinadi!


Britaniya me’morchiligi. Kvartiralarni to‘la ta’mirdan chiqarilgan holda xarid qilish. Dastlabki to‘lovsiz va 5 yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati. 100 foizli to‘lovda katta chegirmalar.

Greenwich — Britaniya uslubidagi qurilish kompleksi bo‘lib, uning asosida “Yopiq hovli” konsepsiyasi yotadi. 8 gektarli kompleks hududida 15ta 8 qavatli biznes- va komfort-klassdagi binolar qad ko‘tarmoqda.

Individual arxitektura

Kompleks to‘la-to‘kis mumtoz Britaniya uslubida quriladi va uning eng qiziqarli jihati ikki soatli minora bo‘ladi. Tashqi qismini pardozlashda fibrobeton va jilo beruvchi g‘isht ishlatiladi, birinchi qavatlari esa o‘zgacha fusunkorlik baxsh etuvchi granit bilan qoplanadi.

Joylashuvi

Greenwich poytaxtning Mirobod tumanida, Yangizamon va Sayhun ko‘chalari kesishuvida, Furqat nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga piyoda borish mumkin bo‘lgan hududda joylashadi.

Bu tuman bolalar bog‘chalari, maktablar, oliy o‘quv yurtlari, muzeylar, istirohat bog‘lari, do‘konlar, kafe va restoranlarga boy.

Kompleks raqamlarda

8 gektarli maydonda 15 ta 8 qavatli bino va ularda 47 dan 221 m.kv.gacha bo‘lgan 21 342ta kvartira joylashgan. Kvartiralar balandligi 3 metr, tijorat obyektlari balandligi esa 3,3 metrdan 3,9 metrgachani tashkil qiladi. Oynalar balandligi 1,8 metr, tomosha oynalari esa 2-3 metrgacha yetadi.

Komfort-klassdagi kvartiralar

Komfort-klassda faqat ta’mirdan chiqarilgan kvartiralar taqdim etiladi. Ularni ta’mirlashda sifatli qurilish materiallari, chidamli texnika va ilg‘or dizaynerlik yechimlari ishlatiladi. Issiq pollar, xonalarga mebel va boshqa jihozlarni qo‘yish hisobga olingan holda tekis taqsimlangan qulay rozetkalar kommunikatsiyasigacha bo‘lgan barcha mayda-chuyda jihatlar hisobga olingan.

Biznes-klassdagi kvartiralar

Bu kvartiralarda ta’mirlash uchun dastlabki tayyorlarlik ishlari o‘tkazilgan bo‘ladi. Ya’ni xonalararo devorlar, gipsokartonli shiftlar, birlamchi oqlash amalga oshiriladi. Bu kvartiralarning eng katta yutug‘i erkin harakat va fantaziyalar qilish imkoniyatidadir. Design House jamoasi har bir kvartira uchun alohida individual dizayn-loyihalar tayyorlab berishga tayyor.

Parking

600 o‘rinli yer osti parking tizimi hovli tagida joylashadi. Yer usti parking tizimi esa komfort-klass hududidan joy oladi. Ochiq havodagi avtomobillar qo‘yish joyi ham soyabonlar ostida bo‘lib, mashinalarni oftob va yog‘inlardan saqlaydi. Kompleks mehmonlariga alohida avtomobil qo‘yish joylari ko‘zda tutilgan.

Kompleks o‘z alleyasiga ega

Maxsus alleya — kompleks markazidagi o‘rindiqlar, favvora, kafega ega maxsus ko‘kalamzorlashtirilgan hudud tashkillashtiriladi va u bu uy-joylar aholisi hamda mehmonlariga xizmat qiladi.

Dupleks kvartiralar

Dupleks kvartiralar — bu erkin rejalashtirilgan, ikki qavatli kvartiralar bo‘lib, bir-birlari bilan zinalar orqali bog‘lanadilar. Greenwich hududida bunday kvartiralar biznes- va komfort-klassdagi kvartiralar qismida mavjud.

Duplekslarda yashovchilar o‘z uylariga bulvar yoki uyning ichki qismi orqali kirishlari mumkin.

Kvartiralar oldidagi gullar va daraxtlardan iborat bog‘larni quyma panjaralar o‘rab turadi.

Qulay shartlar

Golden House tomonidan to‘lovning juda qulay usullari taklif etilayotgani ahamiyatga molik. Xususan Greenwich loyihasida dastlabki to‘lovlarsiz 5 yilgacha bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Rasmiylashtirish ham juda oson – rezident o‘z pasporti va STIR(INN) taqdim qilsa kifoya.

Dastlabki to‘lovning 5 yilgacha bo‘lib to‘lashdagi foizlarsiz hajmi;

1 yilgacha — dastlabki to‘lovsiz;

2 yilgacha — 15%;

3 yilgacha — 20%;

4 yilgacha — 25%;

5 yilgacha — 30%.

100% to‘lovni amalga oshirgan xaridorlar esa 30% chegirmaga ega bo‘ladilar!

Greenwich turar joy kompleksi rezidentiga aylanishni istaysizmi?

Biz sizni quyidagi savdo bo‘limi ofisida kutib qolamiz:

Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi 1-uy

Mo‘ljal: Darhon, Irrigatsiya instituti.

“Novomoskovskaya” turar joy kompleksi

Bog‘lanish uchun telefon: 78 150 11 11

Telegram kanal: @goldenhouseuz

Facebook: facebook.com/goldenhouseuz

Instagram: instagram.com/goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют