» » Donald Tramp kortejidagi uchta mototsikl YTHga uchradi

Donald Tramp kortejidagi uchta mototsikl YTHga uchradi


AQSh prezidenti Donald Trampning kortejidagi uchta mototsikl yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Bloomberg agentligining muxbiri Jennifer Jeykobs o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Avariya Tramp o‘z tashrifini amalga oshirgan Luiziana shtatida sodir bo‘lgan.

“Donald Trampning mashinasiga hech narsa qilgani yo‘q, biroq kortejdagi bir nechta ofitser avariyaga uchradi”, — deb yozadi Jeykobs.

Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, u kamida uch nafar jarohat olgan politsiyachini ko‘rgan. “Ulardan biri yo‘l bo‘yida o‘tirar, ikkinchisi shosse yaqinida yotardi. Qo‘li qonagan uchinchi politsiyachi esa yo‘l chetida turgandi”, — deya aniqlik kiritadi Jeykobs.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют