» » Donald Trampning o‘g‘li AQSh Senatiga ko‘rsatma beradi

Donald Trampning o‘g‘li AQSh Senatiga ko‘rsatma beradi


AQSh prezidentining o‘g‘li kichik Donald Tramp Razvedka masalalari bo‘yicha qo‘mitaning savollariga ikkinchi marotaba ham javob berishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh prezidentining o‘g‘li keyingi oyda qo‘mita a’zolarining savollariga 2—4 soat davomida javob berish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lgan.

The Hill nashrining yozishicha, beriladigan savollarga hech qanday cheklov yo‘q. Ular asosan Moskvadagi Trump Tower loyihasiga, Tramp kompaniyasi vakilining rossiyalik advokat Natalya Veselniskaya bilan 2016-yildagi uchrashuviga tegishli bo‘lishi mumkin.

Yana bir manbaning xabar berishicha, qo‘mita AQSh prezidentining o‘g‘li bilan muhokama qilinadigan o‘nta mavzuni ma’lum qilgan, biroq ulardan oltitasiga rozilik olgan.

Avvaliga kichik Donald Tramp mart oyida ko‘rsatma berishga rozilik bildirgan edi, biroq keyinchalik muddat aprelga ko‘chirilgan. Yana bir bor va’dasini buzgach esa, sudga chaqirish bilan unga tahdid qilishgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining to‘ng‘ich o‘g‘liga nisbatan bu kabi munosabatni “juda adolatsizlik” deb baholagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют